Prezident maktablariga tanlov qanday amalga oshirilishi ma’lum bo‘ldi

© Xokimiyat TashkentaUchebniy god v shkolax Uzbekistana nachalsya 5-sentabrya
Uchebniy god v shkolax Uzbekistana nachalsya 5-sentabrya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vaziri prezident maktablariga o‘quvchilarni tanlash xorijiy mutaxasisslar tomonidan amalga oshirilishini aytdi.

TOShKENT, 19 noya - Sputnik. O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Shavkat Mirziyoyevning mamlakat bo‘ylab prezident maktablari ochilishi haqidagi taklifiga izoh berdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati. 

Vazirning aytishicha, prezident maktablari STEAM (Science (fan), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika) fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi.

“Prezident maktablarida o‘quvchilarni tanlash va ta’lim sifatini ta’minlash uchun ularni xorijlik mutaxassislar boshqaradilar. Shu bilan birga, maktabga malakali xorijlik hamda mahalliy pedagoglar jalb etiladilar va ularning faoliyatiga kerakli shart-sharoitlar yaratiladi”, - dedi Shermatov.

Shavkat Mirziyoyev yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida mamlakat bo‘ylab prezident maktablari tashkil qilishni16 noyabr kuni Nukus shahriga qilgan ish safari davomida taklif qilgan edi.

Prezident maktablarida yoshlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0