Sirdaryolik fermerlar halol ishlashga qasamod qilishdi

© Sirdaryo haqiqatiKlyatva sirdarinskix fermerov
Klyatva sirdarinskix fermerov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryolik fermerlar hokim va prokuror oldida halol ishlashga qasamod qilishdi.

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Sirdaryolik fermerlar Guliston hokimiyati qarshisidagi maydonda, viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat prokuraturasi va huquqni himoya qilish organlari vakillari ishtirokida qasamod qilishdi, deb xabar qilmoqda “Sirdaryo haqiqati” nashri.

“Guliston shahri hokimligi qarshisidagi yurt bayrog‘i maydonida g‘alladan mo‘l hosil yetishtishtirishga azmu qaror qilgan Boyovut va Guliston tumanalari fermerlari o‘z ahtlariga, shon-shavkatlariga sodiqligini ifodalab, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shishni, nopok ishlarga qo‘l urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamod qabul qildilar”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, g‘allakor fermerlarning qasamod qabul qilishiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida o‘zgacha ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0