Krasnodar o‘lkasidan chiqarib yuborilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishReyd Federalnoy migratsionnoy slujbi
Reyd Federalnoy migratsionnoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada Krasnodar o‘lkasi Rossiya sud pristavlari tomonidan chiqarib yuborilgan noqonuniy migrantlar soni bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi.

TOShKENT, 20 noya - Sputnik. Krasnodar o‘lkasi hududidan chiqarib yuborilayotgan migrantlarning aksariyati bu o‘zbekistonliklar, deb xabar qildi O‘lkaning sud pristavlari federal xizmati boshqarmasi. 

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Krasnodar o‘lkasi yaqin va uzoq qo‘shni mamlakatlardan kelgan noqonuniy migrantlar soni bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi.

“O‘tgan yil Kuban hududidan qariyb 3700 ta noqonuniy migrantlar chiqarib yuborilgan. Bu raqam 2016-yil ko‘rsatgichidan qariyb uch baravarga oshgan. Agar joriy yil haqida gapiradigan bo‘lsak, yanvar oyidan noyabr oyi o‘rtasigacha sud ajrimlariga binoan 4042 nafar kishi o‘z vataniga chiqarib yuborilgan. Bu 2017-yil davriga qaraganda qariyb 800 nafar kishidan ko‘p”, - deyilgan xabarda.

Ko‘pincha O‘zbekiston fuqarolari migratsiya qoidalarini buzishadi – ular 1720-marta, tojikistonliklar 669-marta, ukrainaliklar esa 529-marta javobgarlikka tortilgan.

Krasnodar o‘lkasida bitta xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlab turish maxsus muassasi faoliyat yuritadi. Bu Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlab turish markazi Novoukrainskoe qishlog‘ida joylashgan. Markaz bir vaqtning o‘zida 214 ta kishini (184 ta erkak va 30 ta ayol) saqlashga mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0