Samarqand Inson huquqlari forumiga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishGorod Samarkand. Vid na ploshad Registan
Gorod Samarkand. Vid na ploshad Registan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda 2018-yilning 22-23 noyabr kunlari Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Samarqandda chorshanba kuni Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Ushbu forum Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70-yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston prezidentining tashabbusiga ko‘ra tashkil qilingan. Ayni damda forumga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Spetsialnaya industrialnaya zona «Djizak”. Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tadi

- Xorijiy va mahalliy mehmonlarni kutib olish uchun Samarqand xalqaro aeroporti va temiryo‘l vokzalida barcha sharoit yaratildi, – deydi Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, forumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha shtab rahbari R.Qobilov. – Forum ishtirokchilariga transport ajratish, mehmonxonaga joylashtirish, gid-tarjimon xizmati ko‘rsatish, shahar bo‘ylab sayohatga olib chiqish bo‘yicha mas’ullar va chora-tadbirlar belgilangan. Mehmonxonalarda mutasaddi idoralar mas’ul xodimlaridan iborat guruhlar tashkil etilib, navbatchilik yo‘lga qo‘yildi. “Zilol-baxt” mehmonxonasida viloyat shtabi va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot markazi tashkil etilib, zarur jihoz va texnik uskunalar bilan ta’minlandi. 

Shaharni xalqaro forum ramzi va uning mavzusiga mos ko‘rgazmali vositalar bilan bezatish ishlari ham tegishli ishchi guruh tomonidan olib borilmoqda. Shahardagi mutasaddi korxona va tashkilotlar ham mazkur xalqaro tadbirni yuksak saviyada, Samarqandga xos mehmondo‘stlik bilan o‘tkazishga taraddud ko‘rmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0