Olimpiada litsenziyasini olgan sportchiga 100 million so‘m beriladi – MOQ

© NOKNatsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil Tokio olimpiadasi litsensziyani qo‘lga kiritgan sportchilarga 100 million so‘mdan mukofot beriladi.

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Yozgi Olimpiada o‘yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Xususan MOQ, sportchilarni rag‘batlantirish va Olimpiada litsenziyalari sonini oshirish maqsadida Olimpiya litsenziyasini qo‘lga kiritgan sportchiga katta pul mukofoti va’da berdi.

“Milliy olimpiya qo‘mitasi Yaponiyadagi Olimpiadaga litsenziya qo‘lga kiritgan har bir sportchi uchun mukofot puli 100 million so‘m etib belgilanganini ma’lum qiladi”, - deyilgan xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, bungacha Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida oltin medalga ega chiqqan tennischimiz Denis Istomin sportchilarimiz ichida birinchi bo‘lib Tokio Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Tokio Olimpiadasida medallar soni va sifati bo‘yicha ham avvalgi natijalarni yaxshilashni niyat qilgan. Shunday ekan, litsenziyalar soni ham avvalgilarga nisbatan ko‘proq bo‘lishi lozim. Bunday rag‘bat esa sportchilarga yangi ishtiyoq taqdim etishi, ularni yangi-yangi marralar sari chorlashi shubhasizdir.

Yangiliklar lentasi
0