Jamiyat

Oʻzbekiston tibbiyotdagi islohotlar boʻyicha koʻp davlatlarga namuna boʻla oladi - JSST rahbari

© Press-slujba Ministerstva Zdravooxraneniya UzbekistanaMeditsinskiye rabotniki
Meditsinskiye rabotniki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkentda sogʻliqni saqlash islohotlariga bagʻishlangan xalqaro konferentsiya oʻtkazildi. Unda hukumat vakillari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byuro ekspertlari va jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etishdi.

TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab Oʻzbekiston hukumatining tibbiyotni isloh qilishga qaratilgan kontseptsiya ishlarini yuqori baholadi. Bu haqda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Vrachi-gematologi v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Davlat tibbiyot muassalari xodimlarining maoshi oshirildi

Konferentsiyada sogʻliqni saqlashni isloh qilish boʻyicha 2025 yilgacha moʻljallangan 7 yillik rivojlantirish kontseptsiyasi mazmun-mohiyati ham muhokama qilingan. Jumladan, sogʻliqni saqlashning boshqarish va moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish, tibbiy sugʻurtani joriy qilish, davlat-xususiy sherikchilik va tibbiy turizmni rivojlantirish, shuningdek, kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va tibbiyot fanini rivojlantirish kabi ustuvor yoʻnalishlarga eʼtibor qaratilgan.

Jujanna Yakab soʻzlariga qaraganda, mamlakatga sogʻliq saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar koʻp davlatlarga namuna boʻla oladi.

“Jumladan, u immunizatsiya yoki vaktsinatsiya borasidagi ishlarga qaratilayotgan etibor, hattoki, Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida ham amalga oshirilmagani aytib oʻtdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 noyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish va tibbiyot sohasida olib borilgan islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishini oʻtkazib, Oʻzbekistonda 2025 yilgacha sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha kontseptsiya loyihasini puxta ishlab chiqish yuzasidan koʻrsatmalar bergandi.

Yangiliklar lentasi
0