Shavkat Mirziyoyevning Osiyo forumi ishtirokchilariga murojaatnomasi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAziatskiy forum po pravam cheloveka v Samarkande
Aziatskiy forum po pravam cheloveka v Samarkande  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forum ishtirokchilariga qilgan murojaatnomasini Nig‘matulla Yuldashev o‘qib eshittirdi.

TOShKENT, 22 noya – Sputnik, Dilshoda Raxmatova. Bugun Samarqandda Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasining 70-yilligiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tmoqda. Forum boshlanishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga qilgan murojaatnomasi o‘qib eshittirildi.

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, faqatgina odillik va haqiqat yordamida dunyoda barqaror tinchlik va xavfsizlik o‘rnatish mumkin.  

“Tarix tajribasiga ko‘ra, dunyoning barcha sivilizatsiya, madaniyat va din markazlari insonparvar g‘oyalar ta’siri ostida yaratilgan”, - deyilgan hujjatda.    

Sharqda ham inson huquqlariga qadimdan katta e’tibor berilgan. Masalan, Burhoniddin Marg‘iloniy o‘zining 12-asrda yozilgan “Hidoyat” ilmiy ishida har bir kishining huquqlarini saqlash kerakligi haqida aytib o‘tgan. Ushbu g‘oya bugungi kunda ham o‘z muhimligini yo‘qotmagan va ushbu forumning kun tartibida aks etgan.

Gorod Samarkand. Vid na ploshad Registan - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand Inson huquqlari forumiga tayyorlanmoqda

70 yil oldin qabul qilingan Umumjahon inson huquqlari deklaratsasi butun dunyoda demokratiya va insonparvarlik qadriyatlarini tasdiqlash uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Afsuski, biz bugungi kunga qadar ushbu ezgu maqsadga erishiga xalal berayotgan ba’zi murakkab va bir xil talqin qilish mushkul bo‘lgan holatlarga duch kelmoqdamiz.  

Gap, avvalombor, Janubi-sharrqiy Osiyodan Yaqin Sharq mintaqasigacha bo‘lgan hududda yuz berayotgan qurolli to‘qnashuvlar, insoniyat orasida qarama-qarshilikning kuchayishi, millatlar, dinlar orasidagi kelishmovchiliklar va boshqa global chaqiriq va xavflar haqida bormoqda.

Biz o‘z uyini tashlab ketayotgan majburiy qochoqlar soni oshib borayotgani, ta’lim va tibbiy yordamning yetishmasligi, odam savdosi, majburiy mehnat va ochgarchilik ayollar va erkaklar huquqlari tengsizligi kabi muammolarga befarq qarab tura olmaymiz.

“Ishonamizki, aholisi 4,5 million kishi bo‘lgan Osiyo hududining kelajagi har jihatdan BMT 2030-yilga qadar kun tartibiga qo‘ygan masalalarini o‘rganish bilan bog‘liq”, - deyilgan xabarda.

Biz inson huquqlarini saqlash, uning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga har tomonlama yordam berish yo‘lidan borishda  davom etamiz, chunki tinchlik, farovonlik va barqarorlik aynan shularga bog‘liq.

Press-konferensiya predstaviteley Human Rights Watch na temu: «Avgustovskiy konflikt na Yujnom Kavkaze i prava cheloveka” - Sputnik O‘zbekiston
HRW: O‘zbekiston inson huquqlari borasida yangi sahifa ochdi

Murojaatnoma so‘nggida Shavkat Mirziyoyev “Samarqand deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan va anjuman ishtirokchilari tomonidan taklif qilingan taklif va tashabbuslar esa, inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqishda, albatta, hisobga olinishini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 22-24 noyabr kunlari Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasining 70-yilligiga bag‘ishlangan Osiyo forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 25 mamlakat vakillari hamda O‘zbekiston Senati Oliy sudi vakillari ishtirok etmoqda.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAziatskiy forum po pravam cheloveka v Samarkande
Shavkat Mirziyoyevning Osiyo forumi ishtirokchilariga murojaatnomasi - Sputnik O‘zbekiston
Aziatskiy forum po pravam cheloveka v Samarkande
Yangiliklar lentasi
0