Farg‘ona viloyatida 2 kilodan ziyod marixuana olib qo‘yildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSpetsialist ekspertno-kriminalisticheskogo sentra issleduyet marixuanu
Spetsialist ekspertno-kriminalisticheskogo sentra issleduyet marixuanu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organlari xodimlari giyohvandlik moddasini uyining tomi va omborxonasidan topishgan.

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida 2 kg. 624 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan. Giyohvand moddasi O‘qchi qishlog‘ida joylashgan uyning tomi va omborxonasida saqlangan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 273-moddasiga muvofiq, giyohvand moddasini qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish va saqlash besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar aniqlansa, jazo mudddati 10-20 yilgacha ko‘payishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0