Iqtisod

Oʻzbekistonda noqonuniy valyuta ayirboshlash uchun jarima miqdori oshirilishi mumkin

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Depututlar xalqaro shartnomalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini koʻrib chiqishdi.

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 22 noyabr kuni valyutani qonunga xilof ravishda oʻtkazish uchun jazoni kuchaytirishni muhokama qilishdi, deb xabar qildi palata matbuot xizmati.

Yaqin kunlarda chet el valyutasini belgilanmagan joylarda, qora bozorda yoki norasmiy kurs boʻyicha sotish uchun jarima oshirilishi va maʼmuriy javobgarlik kuchaytirilishi mumkin.

“Qayd etilishicha, mamlakatimizda chet el valyutasini ayirboshlash erkinlashtirilgandan buyon sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramay, xorijiy valyutaning qonuniy muomalasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar keskin oshib bormoqda”, - deyilgan hujjatda.

Kupyurы yevro raznogo nominala - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Dollar va yevro koʻtarildi – Oʻzbekiston yangi valyuta kurslari

Bundan tashqari, deputatlar xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida, jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunlarga oʻzgaritish va qoʻshimchalar kiritishni koʻrib chiqishdi.

Sentyabr oyida Oʻzbekistonda ilk bor chet el valyutasini ayirboshlash erkinlashtirilgandi. Fuqarolar endi cheklovsiz chet el valyutasini sotishlari va sotib olishlari mumkin, jumladan eng ommabop dollar va yevroni. Shuningdek, xorijiy valyutasi bilan ish, xizmat, kreditlar va hattoki xizmat safari harajatlarini toʻlash mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader