Jamiyat

Qozogʻiston IIV Yulduz Usmonova toʻyda qoʻriqchilar qurshovida kuylashi holati boʻyicha izoh berdi

© SputnikKontsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre
Kontsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre  - Sputnik Oʻzbekiston
IIV maʼlumotlariga koʻra, toʻyda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida xususiy qoʻriqlash tashkiloti jalb qilingan. Qoʻriqlash tashkiloti tekshiruvdan oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Qozogʻistonda Yulduz Usmonova qoʻshiq kuylagan vaqtda toʻy tashkilotchilari qoʻriqlash agentligi xodimlarini jalb qilgan. Shuning uchun sahna oldida qurollangan kishilar koʻp boʻlgan.

Kontsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yulduz Usmonova paxta dalasida bepul qoʻshiq kuyladi

“Turkiston viloyati Sarigʻash tumanidagi restoranlardan birida artistlar chiqishi vaqtida toʻy marosimi tashkilotchilari tomonidan tartibni taʼminlash maqsadida qoʻriqlash agentligi xodimlarini jalb qildi”, - deb maʼlum qildi Sputnikga Qozogʻiston IIVning rasmiy vakili Almas Sadubayev.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda qoʻriqlash tashkilotiga nisbatan xodimlar xizmat qurolidan foydalanish tartibi buzilishi holati boʻyicha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 484-moddasi 1-qismi boʻyicha bayonnoma tuzildi.

“Shu bilan birga Tadbirkorlik kodeksi doirasida prokuratura organlariga qoʻriqlash tashkilotida qoʻriqlash faoliyatini yuritish sohasidagi qonunchilik talablariga mos kelishini aniqlash maqsadida rejadan tashqari tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqildi”, - deb qoʻshimcha qildi u.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin internetda Yulduz Usmonova toʻyda avtomatik qurol bilan qurollangan shaxslar qurshovida qoʻshiq kuylagani tasvirga olingan video tarqalgandi.

Internet mushtariylari ushbu toʻyda qozogʻistonlik ijrochi Serikbol Saylaubek ham shu qurollangan kishilar qurshovida qoʻshiq kuylaganini yozishgan.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader