Jamiyat

Sergelidagi chaqaloqning vafotiga emlash sabab boʻlmagan - vazirlik

© Sputnik / Maksim BogodvidRabota mobilnыx punktov vaktsinatsii v Kazani
Rabota mobilnыx punktov vaktsinatsii v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston
Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotiga koʻra, chaqaloqning vafotiga emlash sabab boʻlmagan. Bolaga tashxis qoʻyish va davolash jarayoni vazirlik mutaxassislar hamda huquq-tartibot organlari tomonidan chuqur oʻrganilmoqda.

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Toshkentning Sergeli tumanidagi chaqaloqning vafotiga emlash sabab boʻlmagan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.

Skorpion - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Braziliyada chaqaloq zaharli chayon yetti marta chaqqandan keyin omon qoldi

Vazirlikda qayd qilinishicha, mutaxassislar emlashga bogʻliq boʻlgan hamma maʼlumotlarni, xususan uning standartlarga mosligi, miqdori va muddati kabi jihatlarini ham chuqur oʻrganib chiqishgan.

Tekshiruv emlash ushbu noxush hodisaning sababi boʻlmagani koʻrsatdi, chunki 2018 yil 24 avgustda Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikada jami 128 nafar bola emlangan

“Oʻtkazilgan tahlillar nafaqat ushbu bolada, balki emlanganlarning birortasida ham emlashdan soʻng yuz berishi mumkin boʻlgan noxush xolatlar kuzatilmaganligini koʻrsatdi”, - deydi Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitar epidimiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshligʻi Dilmurod Mirzaboyev.

Taʼkidlanishicha, mamlakatda har oyda 2 yarim million nafar bola milliy emlash kalendari asosida vaktsinalar bilan emlanadi va ularning emlashdan keyingi holati doimiy ravishda oʻrganib boriladi.

“Shu paytgacha ushbu vaktsinalar bilan bogʻliq salbiy holatlar biror marta boʻlsa-da, roʻyxatga olinmagan. Jumladan, poliomiyelit va pnevmokokk vaktsinalariga umuman tibbiy cheklov yoʻq, ular oʻlim bilan bogʻliq asoratlarni umuman keltirib chiqarmaydi. Bu Jaxon sogʻliqni saqlash tashkilotining nufuzli ekspertlari tomonidan oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlarda ham isbotlangan”, - dedi Mirzaboyev.

Ministr zdravooxraneniya RUz Alisher Shadmanov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shodmonov: ortiqcha dabdababozliklar chaqaloq salomatligiga salbiy taʼsir qiladi

Eslatib oʻtamiz, bola 2018 yil 24 avgustda Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikada bolalar shifokori N.Rasulova tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan va reja asosida 2 oylikdagi emlashga ruxsat berilgan. Oʻsha kuni bolaning onasi E.X farzandiga poliomiyelit va pnevmokokkga qarshi vaktsinalarni olgan. Emlash maxsus ruxsatnomasi boʻlgan hamshira M.Salikova tomonidan amalga oshirilgan.

Oradan ikki kun oʻtib, yaʼni 26 avgust, soat 11.00larda bolaning tana harorati 38,5 darajaga koʻtarilgani kuzatilganligi uchun tez yordam chaqirilgan hamda bemorga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, 3-shahar bolalar klinik shifoxonasiga olib borilgan. Nevropatolog shifokor SH.Nasrullayev tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, “Talvasa sindromi. Somatogen asoslangan. Bosh miya shish xavfi” tashxisi qoʻyilib, muolaja qilingan. Ammo 28 avgust kuni soat 19.30da bola ahvoli ogʻirlashavergach Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar reanimatsiyasi boʻlimiga oʻtkazilgan. Bolaga kerakli davo choralari koʻrsatilishiga qaramay, bemor 30 avgust kuni markazda vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala