Hodisalar

Surxondaryoda ichki ishlar xodimi xizmat mashinasida YPX inspektorini urib yubordi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Termiz shahar prokuraturasi tomonidan ishchi ishlar xodimiga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Surxondaryoda 10 noyabr kuni sodir boʻlgan YTH oqibatida YPX inspektori vafot etdi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 10.11.2018 yil soat 24:00 larda Termiz shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQG tezkor vakili J.M. xizmat yuzasidan biriktirilgan “Damas” rusumli, 75/029 VSF davlat raqamli xizmat avtomashinasini mast holda boshqarib kelib, shaharning “Bogʻishamol” mahallasi A.Navoiy koʻchasida xizmat vazifasini oʻtayotgan viloyat IIB YHXB AYPXO 1-safarbarlik guruhi YPH katta inspektori P.CH.ni urib yuborib, yoʻl transport hodisasi sodir etgan.

Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqandda Lacetti haydovchisi uch nafar talaba qizni urib yubordi

P.CH. olgan tan jarohatlari natijasida 19.11.2018 yilda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 19.11.2018 yildagi 207-sonli dastlabki xulosasiga koʻra, P.CH.ning oʻlimiga bosh miya yopiq jarohati, kuplab suyak sinishi jaroxatlari, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan 19.11.2018 yilda Termiz shahar prokuraturasi tomonidan J.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader