Nurdinjon Ismoilov Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashadi

© Ofitsialniy sayt prezidenta Kirgizskoy RespublikiSpiker Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nurdinjon Ismoilov
Spiker Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nurdinjon Ismoilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Qozog‘iston Parlamenti Majlisi Raisi Nurlan Nigmatullin bilan uchrashadi.

TOShKENT, 24 noya  — Sputnik. 2018-yil 24-27 noyabr kunlari O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.

Gazoviy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston o‘z tabiiy gazini O‘zbekiston hududi orqali eksport qiladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Qozog‘iston Parlamenti Majlisi Raisi Nurlan Nigmatullin bilan ham uchrashadi.

Muloqotlarda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama etilib, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Qozog‘iston Parlamenti Majlisi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bo‘yicha Memorandum imzolanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Oliy Majlis quyi palatasi a’zolaridan iborat delegatsiya a’zolari Qozog‘iston Senatida ham bo‘lib, Senat raisi Kasim-Jomart Tokayev bilan uchrashadilar.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiya a’zolari Qozog‘iston birinchi prezidenti kuniga bag‘ishlangan xalqaro parlament anjumanida ham ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0