O‘zbekiston jahonning eng kuchli armiyalari ro‘yxatida yuqoriladi

© Minoboroni RFBronetransporter s uzbekskimi voyennoslujashimi
Bronetransporter s uzbekskimi voyennoslujashimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Reytingda jami 136 ta davlat ishtirok etgan. Ekspertlar 50 dan ortiq ko‘rsatkich bo‘yicha davlat armiyalari baholashgan.

TOShKENT, 24 noya  — Sputnik.  Global Firepower tahliliy markazi jahonning eng kuchli armiyalari ro‘yxatini e’lon qildi.

Voyennoslujashiy voorujennix sil Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston razvedkachilari 2-o‘rinda

Unga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi jahonning eng kuchli armiyalar ro‘yxatida yuqoriga ko‘tarilib, 39-chi o‘rinni egalladi. O‘tgan yilda 48-chi o‘rinda edi.

Reyting hisobotida O‘zbekiston armiyasida 79 ta samolyot, ulardan 88 ta transport, 69 ta qiruvchi, 89 ta hujum va 2 ta o‘quv samolyotlari, 79 ta vertolot, ulardan 25 tasi hujum vertolotlari, 420 ta jangovar tank, 715 ta zirhli mashinalar hamda 1 mingdan artilleriya mavjudligi ko‘rsatilgan.

Reyting birinchi o‘rinida AQSh ko‘rsatilgan. Ikkinchi Rossiya, uchinchi Xitoy armiyasi qayd etilgan.

Shuningdek, reyting o‘ntaligiga Hindiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya va Germaniya davlatlari armiyalari kiritilgan.

Reytingda jami 136 ta davlat ishtirok etgan. Ekspertlar 50 dan ortiq ko‘rsatkich bo‘yicha davlat armiyalari baholashgan.

Yadroviy qurol mavjudligi va dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan davlatlarning suv floti yo‘qligi ko‘rsatkich ballari pasayishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Yangiliklar lentasi
0