Iqtisod

Oʻzbekistonning besh viloyatida zamonaviy bojxona terminallari quriladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Fotobankka oʻtishGruzovыe furы na territorii terminala
Gruzovыe furы na territorii terminala - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Yagona darcha” tamoyili asosida bojxona, bank, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Murodjon Azimov - Predsedatel GTK  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Xavfni boshqarish tizimini yaratdik - bojxona qoʻmitasi raisi

Farmonga koʻra:

- 2019–2020 yillarda “Yallama” va “S.Najimov” (Toshkent viloyati), “Doʻstlik” (Andijon viloyati), “Olot” (Buxoro viloyati);

- 2020–2021 yillarda “Dout-ota” (Qoraqalpogʻiston Respublikasi), “Madaniyat” (Andijon viloyati), “Oʻzbekiston” (Fargʻona viloyati), “Gʻishtkoʻprik” va “Oybek” (Toshkent viloyati) bojxona postlari hududlariga tutash joylarda zamonaviy bojxona terminallari, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik  asosida quriladi.

“Yagona darcha” tamoyili asosida bojxona, bank, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni koʻrsatish bojxona terminallaridagi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning asosiy funktsiyalari hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0