O‘zbekistonlik olimlarga Yevroosiyo tog‘ fanlari akademiyasining diplomlari topshirildi

© Press-slujba MISiSOtkritie filiala MISiSa v Tashkente
Otkritie filiala MISiSa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi akademiklarga diplomlar Rossiya tog‘ fanlari akademiyasi prezidenti Yuriy Malishev va Yevroosiyo tog‘ fanlari akademiyasi prezidenti Nurlan Rispanov topshirdi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Shu kunlarda Navoiy shahrida Yevroosiyo tog‘ fanlari akademiyasi prezidium yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

MISiS filiali tantanali ochilish marosimi. - Sputnik O‘zbekiston
MISiS filialining tantanali ochilishi - eng yorqin foto-suratlar

Yig‘ilishda akademiyaning akademik diplomlarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Akademiyaning yangi tanlangan a’zolari orasida o‘zbekistonlik 6 nafar olimlari: Baxodir Raimjanov, Yunus Norov, O‘tkir  Nosirov, Kuvandik Sanaqulov, Farxodbek Umarov, Ilxom Mislibayev.

Yangi akademiklarga diplomlar Rossiya tog‘ fanlari akademiyasi prezidenti Yuriy Malishev va Yevroosiyo tog‘ fanlari akademiyasi prezidenti Nurlan Rispanov topshirdi.

“MISiS” universiteti texnologik tadqiqot Milliy Olmaliq filiali direktori, t.f.d. F.Umarov Yevroosiyo tog‘ fanlari akademiyasining eng yosh akademiki deb topildi.

Yevroosiyo tog‘ fanlari akademiyasi 2018-yilda Qozog‘iston Ostana shahrida tashkil etilgan.

YeTFA ta’sischilar tarkibiga yetakchi olimlar va Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekiston tog‘-metallurgiya tarmog‘i ekspertlari kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, shu 18-oktabr kuni O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida Olmaliq shahrida MISiS Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. "MISiS" MTTU O‘zbekistonda o‘z bo‘limiga ega bo‘lgan to‘rtinchi Rossiya oliy ta’lim dargohiga aylangandi.

Bugungi kunda "MISiS"da texnologik mutaxassisliklar (tog‘ ishi, metallurgiya, materialshunoslik va materiallar texnologiyasi, texnologik mashinalar) bo‘yicha O‘zbekistondan 400 nafardan ziyod talabalar va aspirantlar tahsil olmoqda.

Yangiliklar lentasi
0