Sariq, qizil, yashil va ko‘k yo‘lak: bojxona ko‘rigi faqat videokuzatuv ostida amalga oshiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKrasniy i zeleniy koridori
Krasniy i zeleniy koridori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev “Bojxona ma’murchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmonni imzoladi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. O‘zbekiston bojxona xizmati xavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini to‘liq rejimda joriy etilishini ta’minlaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi.

Gruzovie furi na territorii terminala - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning besh viloyatida zamonaviy bojxona terminallari quriladi

2018 yil 1-dekabrdan boshlab:

- “sariq yo‘lak”, bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;

- “qizil yo‘lak”, bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;

2019 yil 1-martdan boshlab:

- “yashil yo‘lak”, bunda xavf darajasi past bo‘lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi;

- “ko‘k yo‘lak”, bunda xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Farmon bilan bojxona ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda chegara bojxona postlari hududlariga tutash joylarda bojxona terminallarini qurish tarmoq jadvali tasdiqlandi.  

Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona qo‘mitasi Toshkent aeroportida tasvirga olingan videolavha bo‘yicha munosabat bildirdi

Shuningdek, 2019-yil 1-fevraldan boshlab:

- Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlari instituti joriy etiladi;

- “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha bepul asosda xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning maxsus guruhi – “front-ofis” tuzish va uning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha dastlabki loyiha amalga oshiriladi.

2019 yil 1-martdan boshlab olib kiriladigan tovarlarning bojxona ko‘rigi uch oy davomida bojxona ko‘rigi protsedurasi videoyozuvi saqlanishini va Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparatining ulanishini ta’minlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, farmon bilan barcha tovarlarga nisbatan eksport kontraktlarini davlat bojxona organlarida hisobga qo‘yish borasidagi talab bekor qilindi.

Yangiliklar lentasi
0