Telefon portlashi oqibatida qirg‘izistonlik yigit jiddiy jarohat oldi

Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Issiq-Ko‘l viloyatida telefon portlashi oqibatida yigit tanasining 30 foiz qismi kuydi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Qirg‘iziston Issiq-Ko‘l viloyatida telefon portlashi oqibatida yigit jiddiy jarohat oldi. Bu haqda RIA Novosti Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, yigit tanasining 30 foiz qismi kuygan. "Palakat" telefon shim cho‘ntagida bo‘lgan.

O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘i telefon aloqasining to‘qqiz xonali raqamlash tizimiga o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aloqada: telefon raqamlari qanday o‘zgaradi

“Tonks hududiy shifoxonaga 2004-yilda tug‘ilgan jabrlangan D.A. olib kelindi. U shim cho‘ntagida bo‘lgan telefon portlashi oqibatida jarohat oldi”, - deb ta’kidladi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yigit  ko‘krak qafasi, qorin, yon bosh, oyoq qismlari 1 va 2 darajali kimoviy va termik kuygan.

Hozirgi vaqtda jarohatlangan holati barqaror og‘ir darajada deb baholanmoqda.

Qirg‘iziston "AKI-press" axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yigitda “Nokia” rusumli mobil telefon bo‘lgan. Uni bir oy oldin sotib olgan.

Jabirlangan yigit u telefonda gaplashganligi va tasodifan tushurib yuborgan. Mobil qurilmani ko‘tarib, shim cho‘ntagiga soladi, shundan so‘ng portlash sodir bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0