Jamiyat

Yoʻlovchilarga oʻsimlik mahsulotlari olib kelish taʼqiqlandi - TIV

Oʻzbekistondan Rossiyaga yoʻlovchilar tomonidan oʻsimlik mahsulotlari olib kelish vaqtincha taʼqiqlandi.

TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi Rossiga kelayotgan fuqarolarni qanday mahsulotlarni Rossiya hududiga olib kirish taʼqiqlangani haqida ogohlantirdi.

Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekistondan kelgan yoʻlovchilar jomadonlari va qoʻl yuklarida oʻsimlik mahsulotlari olib kelish vaqtincha taʼqiqlangan.

“Oʻzbekistondan kelgan yoʻlovchilar yuklari orasida Rossiya Federatsiyasi uchun karantinda boʻlgan obʼyektlar aniqlangani sababli, 2012 yil 16 aprelda imzolangan VII Konventsiya normalariga muvofiq, Rossiya Oʻzbekistondan kelayotgan yoʻlovchilar yuklarida oʻsimlik mahsulotlari olib kirishni vaqtincha taʼqiqlaydi”, - deyilgan Rossiya Qishloq xoʻjalik nazoratining Fitosanitariya nazorati xizmati xabarida.

Eslatib oʻtamiz, ushbu cheklov nafaqat Oʻzbekiston uchun balkim Tojikiston va Ozarbayjondan kelayotgan fuqarolar uchun ham kiritilgan. Afgʻoniston, Pokiston va Hindistondan oʻsimlik mahsulotlari olib kirish mutlaq taʼqilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala