O‘zbekiston elchisi Saudiya Arabistoni qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

© MIDPOSOL UZBEKISTANA VRUChIL VERITELЬNIE GRAMOTI KOROLYu SAUDOVSKOY ARAVII
POSOL UZBEKISTANA VRUChIL VERITELЬNIE GRAMOTI KOROLYu SAUDOVSKOY ARAVII - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni qiroli O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy tashrif bilan Riyozga kelishga taklif qildi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va muxtor elchisi Ulug‘bek Maqsudov 25-noyabr kuni Riyozda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulazizu Al- Saudga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Uchrashuv chog‘ida qirol Salmon bin Abdulaziz al-Saud O‘zbekiston Saudiya Arabistonining ishonchli va uzoq muddatli hamkori ekanini ta’kidlab, o‘zaro manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda o‘zbek – arab munosabatlarini yanada yuqori darajaga ko‘tarishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Shuningdek Saudiya Arabistoni qiroli O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni unga qulay bo‘lgan vaqtda rasmiy tashrif bilan Riyozga kelishga taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0