Dunyoda

Chavushoglu jurnalist Xashoggi musiqa sadolari ostida burdalangan, degan fikrda

© AFP / Natalia KOLESNIKOVA Glava MID Turtsii Mevlyut Chavushoglu na vstreche s glavoy vneshnepoliticheskogo vedomstva RF Sergeyem Lavrovыm v Moskve
Glava MID Turtsii Mevlyut Chavushoglu na vstreche s glavoy vneshnepoliticheskogo vedomstva RF Sergeyem Lavrovыm v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
"Turkiyaga kelgan odamlar oʻz bilganicha harakat qilishgan, deb oʻylamayman. Ularning bunga jurʼati yetmasdi. Ammo dalilsiz biron narsa deya olmayman", - deb qoʻshimcha qildi vazir

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushoglu jurnalist Jamol Xashoggining tanasini musiqa sadolari ostida burdalashgan, deb hisoblaydi. RIA Novosti xabariga asosan.

Jamal Xashoggi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggi qayerga gʻoyib boʻldi?

"Men ularning (audioyozuvlarini — tahr.) eshitdim. Uni yetti daqiqada oʻldirishdi. Bu oldindan rejalashtirilgan qotillik edi… Sud tibbiy eksperti qay tarzda boshqalarga yoʻriqnoma berayotganini eshitish mumkin: ular jurnalist tanasini burdalayotgan vaqtlarida musiqa tinglashlari kerak. Bundan u goʻyo rohatlanganini sezish mumkin", - dedi Chavushoglu Suddeutsche Zeitung nashriga bergan intervyusida.

"Turkiyaga kelgan odamlar oʻz bilganicha harakat qilishgan, deb oʻylamayman. Ularning bunga jurʼati yetmasdi. Ammo dalilsiz biron narsa deya olmayman", - deb qoʻshimcha qildi vazir.

Amerikaning Washington Post nashrida faoliyat yuritgan Jamol Xashoggi 2017 yildan AQShda istiqomat qilgan, 2 oktyabr kuni Turkiyada Saudiya Arabistoni elchixonasi bosh konsulligi binosiga kirganidan soʻng gʻoyib boʻlgan. Saudiya Arabistoni mahalliy OAVlari 20 oktyabrga oʻtar kechasi mamlakat bosh prokuraturasining xabarini tarqatishdi, xabarga koʻra, dastlabki maʼlumotlarga koʻra Xashoggining oʻlgani, uning oʻlimiga esa konsullik vakillari bilan janjal sabab boʻlgani aytilgan edi.

Turkiya tomoni Saudiya Arabistonidan jinoyatda aybdorlarni Anqaraga topshirishni, shuningdek, Xashoggi tanasi koʻmilgan joy haqida maʼlumotni oshkor etishni talab qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala