Hodisalar

Dvigatelga tushgan qush: Istanbuldan samolyot uchib keta olmadi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik Oʻzbekiston
Samolyotni tekshirishda motorlarning birida nosozlik aniqlangan.

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKga qarashli Boing 767 samolyoti Istanbuldan Toshkentga parvozni oʻz vaqtida amalga oshira olmadi. Bu haqda RIA Novosti aviakompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.

Shassi samoleta - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Moskva aeroportida samolyot odamni urib yubordi - video

Toshkent-Istanbul yoʻnalishida HY271 reys soat 12:30 daqiqada parvoz qilishi kerak edi, ammo tekshirish chogʻida motorlarning birida nosozlik aniqlangan.

“Samolyot sinchkovlik bilan tekshirilganda ventilyatorning ikki parragi zarar koʻrgani aniqlangan. Bu hol oʻz navbatida qushning motorga kirib ketishiga sabab boʻlgan”, - deyilgan xabarda.

Qush Toshkentdan Istanbulga ertalabki parvoz chogʻida tushib qolgan boʻlishi mumkin.

Aviakompaniyada samolyotni taʼmirlash uchun uskuna va zaxira qismlar Istanbulga Toshkentdan kechki reys bilan yuborilgani maʼlum qilindi. Uskunalar yetib kelgach, samolyot qisqa vaqtda yana ishga tushiriladi.

Yoʻlovchilar mehmonxonaga joylashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala