Migratsiya

Yekaterinburgdan bir haftada 86 nafar migrant chiqarib yuborildi

© Sputnik / Pavel LisitsыnGeneralnoye konsulstvo Respubliki Uzbekistan v Yekaterinburge.
Generalnoye konsulstvo Respubliki Uzbekistan v Yekaterinburge. - Sputnik Oʻzbekiston
Shuningdek, sud ijrochilari Qirgʻiziston, Tojikiston va Ozarbayjon fuqarolarini oʻz vatanlariga joʻnatishdi.

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Yekaterinburgdan bir hafta ichida 86 nafar noqonuniy migrant chiqarib yuborildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Deti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda migrant ayollarning bolalari himoyaga olinadi

Ular orasida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Ozarbayjon fuqarolari bor. Ularning barchasi Rossiya migratsiya qonunchiligini buzishgan va “Rossiyada xorijiy fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirish qoidalari yoki Rossiya Federatsiyasida boʻlish tartibini buzish” maʼmuriy huquqbuzarligini sodir etishda aybdor deb topilgan.

2018 yilning boshidan sud ijrochilari jami 1,9 mingdan ortiq xorijiy fuqarolarni chiqarib yuborishdi.

Eslatib oʻtamiz, noyabr oyining oʻrtasida Yekaterinburgda Oʻzbekistonning Bosh konsulxonasi tantali ravishda ochilgandi. Karl Libknext koʻchasidagi bino oldida Oʻzbekiston bayrogʻi koʻtarilgan. Ochilish marosimida Oʻzbekiston bosh konsuli Abdusalom Xatamov va Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov va Sverdlovsk viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Vasiliy Kozlov ishtirok etishgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala