Jamiyat

Juma namozlarida ayollarni eʼzozlash haqida gapiriladi - diniy qoʻmita vakili

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMechet Sheyxa Zayniddina (mechet Kukcha) odna iz samыx bolshix v Uzbekistane
Mechet Sheyxa Zayniddina (mechet Kukcha) odna iz samыx bolshix v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Abulxasan soʻzlariga koʻra, qoʻmita tomonidan "Ayolni eʼzozlagan din" deb nomlangan kitob nashrdan chiqarilgan va bu kitobning taqdimoti barcha diniy taʼlim muassasalarida tashkil qilinadi

TOSHKENT, 27 noya – Sputnik. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nuriman Abulxasan Toshkentda oʻtkazilgan doira suhbati davomida respublika miqyosida juma namozlarida ayollarga ehtirom masalasida gapiriladi, deya taʼkidladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekistonda ilk bor "zoʻravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasiga start berildi

“Din ishlari boʻyicha qoʻmitasini eng tashvishga soladigan tomon shundan iboratki, biz 15 asrga yaqin Islom dinida toʻxtamasdan ijod qilayotgan, shu bilan birga, dinni butun dunyoga tarannum etuvchi xalq sifatida tanilganmiz. Bugun biz ayollarga nisbatan zoʻravonlik toʻgʻrisida gapirilgan vaqtda, bir muncha uyalib gapirishimiz kerak. Chunki Islom dini din boʻlib nozil boʻlganda, ayollarga hurmat shunchalik yuqori, misli koʻrilmagan darajaga koʻtarilgan”, - deb taʼkidladi rais oʻrinbosari.

Abulxasan soʻzlariga koʻra, qoʻmita tomonidan "Ayolni eʼzozlagan din" deb nomlangan kitob nashrdan chiqarilgan va bu kitobning taqdimoti barcha diniy taʼlim muassasalarida tashkil qilinadi.   

“Xalqaro Islom akademiyasida alohida davra suhbatini tashkil qilamiz. Shu kelayotgan juma kuni barcha joʼme masjidlarida ayollarning haqlari nimadan iboratligi, ularga munosabat qanday boʻlishi kerakligi toʻgʻrisida targʻibot va tashviqot ishlarini olib boramiz. Kelgusida “Ayolni eʼzozlagan din” kitobi rus va qoraqalpoq tiliga ham tarjima qilinishi rejalashtirilgan”, - deb qoʻshimcha qildi Nuriman Abulxasan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala