Siyosat

Lavrov "Chegara bilmas reportyorlar"ning navbatdagi tashabbusini tanqid qildi

Chegara bilmas reportyorlar jurnalistlar oq roʻyxatini tuzish tashabbusini ilgari surmoqda

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiya "Chegara bilmas reportyorlar" tomonidan jurnalistlar "oq roʻyxati"ni shakllantirish boʻyicha tashabbusidan tashvishda, deb bayonot qildi RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Ministr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shpion mojarosi: Lavrov va Avstriya TIV rahbari muzokara oʻtkazdi

"Umuman olganda, biz Gʻarbda, shu jumladan Yevropada "Chegara bilmas reportyorlar" nomi ostida mashhur tuzilma tomonidan tashabbus qilinayotgan qator tashabbuslarning yashirincha emas, balki ochiqchasiga hayotga tatbiq etilayotganini tashvish bilan kuzatmoqdamiz. Bu gʻoyalar shundan iboratki, ular jurnalistikaga allaqanday ishonch indikatorlarini ishlab chiqishga qaratilgan, masalan "oq roʻyxatlar" va hokazolar", - dedi Lavrov frantsiyalik hamkasbi Jan-Iv Le Drian bilan seshanba kuni oʻtkazilgan uchrashuv davomida.

"Aksariyat hukumatlar bunday yondoshuvlarni qoʻllab-quvvatlay boshlaganliklari, biz siyosiy tsenzuraning bir turi bilan ish olib bormoqdamiz, degan yoqimsiz fikr tugʻdirmoqda. Biz global axborot kontentini biryoqlama siyosiy yondoshuvlarga asoslangan siyosiy omillar asosida moderatsiya qilishga urinishlarini istamas edik", - dedi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala