Mirziyoyev: mintaqalar, shaharlar, qishloqlar va odamlarni o‘zgartirayotgan prezident

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev pered zasedaniyem soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS)
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev pered zasedaniyem soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qadimgi rim imperatorlaridan biri “Rimni yog‘ochligicha qabul qilib, marmar holda qoldirapman”, degan ekan. Xuddi shunga o‘xshash gapni Islom Karimov ham aytishga haqli edi: u O‘zbekistonni paxsa holida qabul qilib, g‘ishtin holda qoldirdi. Lekin bu Shavkat Mirziyoyevga ideal holdagi bir davlat qolgan edi, degani ham emas.

Karimovning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyatiga shubha bildirmagan holda aytish lozim, keyingi yillarda cheklovlarning haddan oshib ketishi, mamlakat ichki, tashqi siyosatida, hatto  fuqarolarning oddiy hayotida ham ko‘plab muammolarni yuzaga keltirdi.

Sherali Jurayev - Sputnik O‘zbekiston
Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova orden bilan mukofotlandi

Mirziyoyev davlat boshqaruvidagi dastlabki faoliyatini juda oddiy va o‘ta ramziy holatdan boshladi: ayrim qo‘shiqchilardan taqiqni olib tashladi va ilgari nima sababdandir o‘z-o‘zidan yopib qo‘yilgan yo‘llarni ochdi. Axir bu sharq-ku, har bir so‘z va harakatning o‘z mazmunidan tashqari yana boshqa ma’nosi bo‘ladi.

Mirziyoyev bu harakati bilan butkul ochiqlik siyosatini tanlashini bayon qildi va xalq buni tushundi.

Prezident tomonidan amalga oshirilgan, hozircha unchalar jiddiy baholanmayotgan o‘zgarishlardan biri bu – bolalar borasidagi siyosat. Har holda davlat bolalar uchun mas’uliyatni sekin-asta zimmasiga ola boshladi.

Davlat bola ulg‘ayib, u-bu ishlarga yarab qolgandan keyingina davlatning nazariga tushadigan siyosatdan butkul voz kechib, maktabgacha ham barcha bolalar davlat ta’limi bilan qamrab olish choralari ko‘rildi: prezident buning uchun alohida vazirlik tashkil qildi.

Shu paytgacha qat’iy o‘rnashib qolgan "maktabgacha yoshdagi bolalar faqat ota-onaga kerak", degan aqidani parchalab, bolalarni to‘liq bog‘chalar bilan qamrab olish borasida alohida, aniq tadbirlar belgilandi. Mazkur siyosat bugunga kelib o‘zining dastlabki ijobiy natijalarini bera boshladi.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v doshkolnoe obrazovatelnoe uchrejdenie №5 Shudring v gorode Bekabad - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassalari vazirligi tashkil qilindi

O‘zbekiston ushbu siyosatning uzviy davomi sifatida bolalar mehnatidan voz kechish yo‘lidan borilmoqda. 2017-yilning paxta terim mavsumida bolalar, talabalar mehnatidan foydalanmaslik to‘g‘risida to‘satdan qabul qilingan qaror ko‘pchilikni dovdiratib qo‘ydi. Bu yil esa umuman majburiy mehnat taqiqlandi.

Demak, O‘zbekiston ham sekin-asta bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lidan borib, bu borada oila darajasida ham o‘zining qat’iy siyosatini yuritadi.

Shu o‘rinda bir gap, bolalar mehnatidan foydalanishning taqiqlanishi nimaga olib kelishini bilasizmi? Tug‘ilish kamayadi!

Hozircha esa, davlat voz kechgani bilan ota-ona bolani ishlatishdan qaytgani yo‘q. Qishloqlarda esini tanishi bilan qora mehnatdan boshi chiqmaydigan bolalar qancha? Hech qanday ota-ona bu tekin mehnat kuchidan o‘z holicha voz kechmaydi. Tug‘ilishning ko‘pligi aslida millatning bolajonligida emas, ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligida.

Mana, bola huquqlari haddan ortiq himoyalanadigan Yevropa va AQShda ko‘plab yumushlar migrantlar zimmasida. Bu nafaqat bolalar mehnatining taqiqlanishi, balki tug‘ilishining kamayib ketishi natijasi. Chunki inson manfaatparast mavjudot. Manfaati bo‘lmasa, bolalarini ham ko‘paytirmaydi. Bu anchayin achchiq gap, lekin ana, Rossiya pul to‘lab ham bolalarni ko‘paytirishni to‘liq yo‘lga qo‘yolmayapti.

O‘zbekistonda aholi soni 33 milliondan oshdi. Agar davlat bola huquqlarini oila darajasida ham faol himoyalashga kirishsa, buning tug‘ilishga ta’siri o‘n yillarda ko‘zga tashlanib qoladi. 

Aytish lozim, davlatning ulkan burokratik mexanizmi mavjud. Uyam o‘z holicha manfaatlaridan voz kecholmaydi.

Prezident o‘z so‘zi, qarori ijrosini e’tiborsiz qoldirmaydi.

Davlat tuzilmasidagi ilk o‘zgarishlaridan biri –Majburiy ijro burosining tuzilishi bekorga bo‘lmagan. Buning zamirida hg‘am kata ramziy ma’no yashirin: bundan keyin davlat tuzilmalarida ham, o‘zaro munosabatlarda ham intizomsizlik ketmaydi!

Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda qarzdorlar Majburiy ijro burosi xodimlariga tan jarohati yetkazishdi

Yaqinda qabul qilingan ijro intizomini mustahkamlash borasidagi qaror ham shu yo‘nalishni tartibga solishga qaratilgan.

Prezident saylovoldi nutqlarida davlat tuzilmasini o‘zgartirishi, davlat xizmatchilarining ish faoliyatini ham tubdan takomillashtirishi haqida aytib o‘tgan edi.

Darhaqiqat, bugun davlat xizmatchisi, ilgari shakllangan stereotiplarga to‘g‘ri kelmaydi. Endi qorindor "Rais bobo"lar yo‘q. Rahbar tinimsiz yelib-yugurishi, ishlashi va o‘z mas’uliyatlari bo‘yicha javob berishi lozim.

Prezident Shavkat Mirziyoyev pobesedoval s jitelyami maxalli Zargarlik goroda Djizaka - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: rahbarlar pastda yurishi, xalqqa xizmat qilishi kerak

Bir paytlar, sovet davridan buyon davlat apparati o‘z atrofida qadimiy qo‘rg‘onlarning baland devorlari kabi o‘tib bo‘lmas burokratik to‘siqlar yasab olgan edi. Oddiy fuqaro uchun undan o‘tishning deyarli imkoni mavjud bo‘lmagan. Yo‘li oddiy – korrupsiya, mahalliychilik, tanish-bilishchilik, telefon huquqi… Oddiy fuqaro bu qo‘rg‘ondan deyarli oshib o‘tolmagan…

Yo‘q, o‘tganlar ham bo‘lgan. O‘z huquqini talab qilganlar uchun – deyarli har bir qishloqda davlat apparati bilan kurashish sir-asrorini bilib olgan, hech balodan qaytmaydigan, biroz muttahamroq, biroz adolatparvarroq kishilar bo‘lgan, bularni "yozuvchi" deb ham atashgan. Aynan o‘shalar ma’lum haq evaziga, ba’zida esa shunchaki, tekinga, jabrdiydaning yoniga tushib, davlat qo‘rg‘onlarini zabt etishga kirishganlar.

Mirziyoyev o‘sha holatga barham berdi. Davlat ochiqlik yo‘lini tanladi. Endi har kim, xohlagan vaqtda, xohlagan joyda, xohlagan mavzuda davlatga murojaat qilishi va 15-30 kun ichida javob olishi mumkin. Davlat xizmatchisining fuqaro murojaatlarini hal etishdan-da muhimroq vazifasi yo‘q.

Birgina davlat xaridlarini oling!

Shu paytgacha it egasini mushuk bekasini tanimaydigan soha edi. Kim, qaydan, nimani, qanchaga olyapti – noma’lum. Noma’lumlik korrupsiya yetilishi uchun serunum zamin bo‘lgan… «Nohaq jazolandim», deb yurganlarning (ayrimlar haligacha davlat malbag‘iga xiyonat qilishni jinoyat sanamaydi!) ham ko‘pi shu sohadan «ketgan»lar. Davlat pulini soxta firmalar orqali naqdlashtirib, tovarni bozordan, arzon-garovga olish rusumga aylanib ketmaganmidi?

Sohadagi yangi qonun bilan barchasiga chek qo‘yildi.

Shu sohaga aloqador yana bir yo‘nalish: bir paytlar avtotransport vositalariga videokuzatuv vositalarini o‘rnatish taqiqlangan edi. Buyam davlat xizmatchisining so‘zidan ustunroq dalil bo‘lmasligi uchun, davlat xizmatchilarini sharmanda qilishi mumkin bo‘lgan holatlarning omma e’tiboriga tushishidan cho‘chish sababli ham qilingan tadbir edi, chamasi. Endi esa kelasi yildan boshlab, barcha avtotransportlarga ularni o‘rnatish majburiy qilib belgilandi. Endi davlat ochiq va hech nimadan cho‘chimaydi. Xizmatchi ham o‘zini munosib tutishi lozim, aks holda jazosini olaveradi.

O‘zbekiston hukumati mehnatkash dehqonlarni taqdirlaydi

Prezident davlat apparati bunaqa ishlamasligini kerakligini, bu ustqurma o‘z manfaatlari doirasida faoliyat ko‘rsatib, xalqni so‘rib yotishi maqbul ish emasligini (axir nima deyotganini anglab-anglamay "Mehnatkash xalqimiz eng katta boyligimiz", degan shoirni o‘rtaga tashlagan o‘sha davlat edi-da. Ya’ni xalqni ham o‘zining mulkiga qo‘shib yuborgan) tushunib, anglab yetgan va bu tartibni butkul parchalab tashlashga bel bog‘lagan. Ilk qadamlar ijobiy, natijalar esa undan ham yaxshi… 

Prezidentning siyosati faqat xalq bilan muloqot qilish emas, balki ular asosida xalqning dardi, muammolarini bilish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Odamolarni naqd pul muasmmosi qiynayaptimi? Marhamat! Pensiya ta’minoti qoniqtirmayaptimi? Tizim butkul o‘zgartirildi!

Prezident o‘tgan yil Surxondaryoda safari chog‘ida, bir cholning xonadonida mehmon bo‘lib, krovatida o‘tirib, u bilan suhbatlashayotganda "odamlarni ishlatishga urinyapmiz", deganga o‘xshash fikr bildirdi. Bu oddiy insonga aytilgan, sodda gap aslida prezident siyosatining asosiy mag‘zi edi.

"Ishlatish", deganda majburiy mehnat emas, odamlarga ishlash uchun imkon yaratish nazarda tutilgan…

Firma ochish va kredit olish uchun bir paytlar ming bir eshikka kirib chiqish lozim bo‘lardi. Shunchalar fikr uyg‘onardiki, davlat kredit bermaslik va firma ochilmasligi uchun barcha choralarni ko‘rib qo‘ygandek, edi go‘yo. Birinchi prezident davrida ham "tadbirkorning ortida men turibman", deb ko‘p takrorlardik, biroq davlatning burokratik apparati o‘z bilganidan qolmagan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev surxondaryolik Shodi boboga Captiva sovg‘a qildi

Mirziyoyev prezident etib saylangan kundan boshlab, ilgari yaqiniga yo‘lab bo‘lmaydigan bank xodimlari uyma uy yurib, "kredit kerakmi?" deb so‘ray boshlaganda hamma o‘sal bo‘lib qolgan.

Prezident hamma narsa ishlashi, to‘xtab turmasligi lozim degan tartibda ishlaydi.

Yaqinda bo‘sh turgan inshootlardan foydalanish, davlat mulkini sotish borasida qabul qilingan qarorlar shundan darak beradi. Endi bo‘sh turgan imoratlar egalari ko‘proq soliq to‘lashga majbur bo‘ladi. Bundan keyin mulkka shunchaki egalik qilib, gerdayib yurish ketmaydi. Ishlash kerak, o‘zi ham ishlasin, mulki ham.

Prezident ziyoli, o‘qimishli inson. Kitobni yoqtiradi. Boshqa davlatlar prezidentlari bilan uchrashganda ularga kitob sovg‘a qilishida ham ulkan bir ma’no-mazmun bor.

Davlat rahbari shu yil Navoiy viloyatidagi uchrashuvlardan birida "mashina berib bo‘lsa ham odamlarni o‘qitamiz", deganga o‘xshash fikr bildirdi. Albatta bu urinishlari, sa’y-harakati tahsinga loyiq. Biroq xalq prezident talab qilgan, xohlagan darajada kitobxon emasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Hatto davlat tuzilmalari ham prezident tomonidan joriy etilayotgan kitobxonlik targ‘iboti to‘g‘risidagi siyosatni yetarlicha amalga oshirishga cho‘chib turibdi. Chunki, kitobxonlik ma’naviyat bilan bog‘liq bo‘lgani holda, mamlakatda kitobga tovar sifatida qaraladi. Bozor iqtisodi sharoitida esa har qanday tovar pul keltirishi kerak va uni hech kim o‘z-o‘zidan reklama qilmaydi. Ushbu holat xalqning kitobxon bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymayapti.

Shavkat Mirziyoyev posetil odnu iz voinskix chastey Vostochnogo voyennogo okruga. - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev askarlarning qanday kitob o‘qigani bilan qiziqdi

Prezident yana bir soha – ilm-fanga jiddiy e’tibor qaratadi. Ilg‘or fikrli inson sifatida bugun qora mehnat orqali mamlakatin rivojlantirish mumkin emasligi, ertangi kun ilm-fan qo‘lida ekani, dunyo miqyosiga chiqish uchun yuksak ilmiy salohiyat zarurligini, iqtisodni ham aynan shu soha belgilab berishini yaxshi tushunadi.

Ilmiy ishlar sohasidagi o‘zgarishlar, akademiklarning tayinlanishi, ilm-fan yutuqlarini hayotga tatbiq etilishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar, ilmiy xodimlar ish haqining oshirilishi, mamlakatda oliy o‘quv yurtlari sonining ko‘payishi, xususan chet davlatlar o‘quv yurtlarining filiallari ochilishi, ta’lim olish istagidagi yigit-qizlarga keng imkoniyatlar yaratilishi – bularning barchasi sohaga e’tiborni anglatadi.

Shu o‘rinda, prezident hammani birdan aqlli, bilimdon qilib bo‘lmasliginiyam tushunadi. Qaysi bir ixtisoslashgan maktabda so‘zlagan nutqida: "shu maktabdan bir nafar dahoni tarbiyalasak ham ko‘zlagan maqsadimizga erishgan bo‘lamiz", degan fikrni bildirdi. Darhaqiqat, bir daho inson butun millatning boshini baland ko‘tartirib, kelajagini ta’minlab berishi mumkin. Bunga prezidentning o‘zi misol.

 Prezidentning doimiy nazoratida bo‘lgan yana bir soha huquq-tartibot yo‘nalishi. Hisobotlar, ma’lumotlar O‘zbekistonda qonunchilik mustahkamlanib, jinoyatchilik jilovlanib borayotganini ko‘rsatmoqda. Xalqning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi shov-shuvli jinoyatlar deyarli yo‘q… Biroq, prezident bu yo‘nalishda nazorat susaytirmayapti.

Prezident ochiqko‘ngil inson – mamlakatda umuman jinoyat sodir etilmasligini, xalq farovon yashashini istaydi.

Buning uchun davlat tuzilmalari, huquq-tartibot organlarini qayta-qayta isloh qilishdan, odamlarning tinchligi, osoyishta hayoti, emin-erkin, to‘kin-sochin yashashi uchun o‘zi ham tinmaydi, davlat organlari tizimidagi xodimlarni ham bir soniyaga bo‘lsin, tinch qo‘ymaydi. To‘g‘ri-da, davlat xizmati shunaqa bir tizimki, sal bo‘shashtirilsa, ishlamay qo‘yadi. Davlat xizmatining ochiqligi, uning faoliyati ustidan jamoatchilik va fuqarolar nazoratini ta’minlash borasidagi choralar, bir-birining faoliyatini o‘rganib boruvchi davlat tuzilmalari tashkil etilishi sababi ham shunda.

Bir paytlar bo‘lardi, boshqaruvda, siyosatda o‘zgarish bo‘lganda, qadriyatlarni qaytadan baholash jarayoni amalga kirardi. Aynan shu jarayonda har doim "nima yaxshi-yu nima yomon?" degan savol kun tartibiga qaytadan chiqardi. Prezident esa qadriyatlarni emas, balki insonlarning mehnati, kasblarni bahosini qaytadan ko‘rib chiqish yo‘lini tanladi. Oylik ish haqining, inflyatsiyani e’tiborga olgan holda, oshirib borishning aniq mexanizmi ishlab chiqilgani holda, davlat va jamiyat uchun muhim sohalar xodimlarining mehnatiga baho ham qaytadan ko‘rib chiqilmoqda.

Davr o‘zgarmoqda, kasblarga ehtiyoj, ularning qadr-qimmati ham o‘zgarmoqda. Siyosat ustuvor yo‘nalishlarni belgilar ekan, ushbu sohalarda xizmat qilayotganlar jamiyatda obro‘-e’tiborga ega bo‘lishini istaydi. Qolaversa, o‘zgarishlar jarayonida xodimlarning ish hajmi ham o‘zgarib boradi. Prezident ushbu holatlarni faol maqbullashtirish siyosatini amalga oshirmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini bajarish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Prezident nafaqat poytaxt ahlini, balki butun O‘zbekistonni, eng chekka qishloqlarda yashayotgan aholining ham turmush tarzini o‘zgartirishga kirishdi va bunga erishib kelmoqda ham.

Chekka qishloqlardagi elektr ta’minoti ishiga tushdi, yo‘llar tartibga solinmoqda… Fuqarolar endi faqat toshkentliklargina oqsuyak insonlar deb hisoblashmaydi.

Mirziyoyev siyosatining yana bir odil, insonparvar tomoni – kechagi kunga tosh otishlariga yo‘l qo‘ymayotgani.

Bilamizki, davlat rahbari o‘zgarishi bilan kechagi kunni yomonlashga kirishib ketadigan maddohlar ko‘payadi. Buning uchun ularga alohida topshiriq ham, ko‘rsatma ham berilishi shart emas.

Biroq, prezident ushbu holatni oldini olish choralarini ko‘rdi. Hali aytildi, sharqda keskin choralar shart emas, gohida shamalar ham kifoya. Prezident Ishoqxon Ibratni ijodini o‘rganish va targ‘ib etishga rag‘bat bildirdi, xolos. Ibratning esa bosh shiori nima edi: har zamonning o‘z tarozisi bor, boshqa zamonning tarozisi bilan bugunni o‘lchash maqbul ish emas!

Buni, nozik shamani ko‘pchilik darrov tushundi.

Islam Karimov i Shavkat Mirziyoyev - syemka 2016 goda - Sputnik O‘zbekiston
Karimov va Mirziyoyev Toshkent kelajagi to‘g‘risida qanday maslahatlashishgandi

Prezident shaharlar, qishloqlar ko‘rinishini, odamlar turmush tarzini, asosiysi ularning ichki olamini o‘zgartirishga qat’iy kirishgan. Bu borada dastlabki ikki yilda erishilgan yutuqlar, kutilganidan ham ko‘proq. Bu o‘zgarishlar O‘zbekiston doirasidan chiqib, qo‘shnilarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganiga nima deysiz?

Xohlaymizmi, yo‘qmi, bu sharq. U g‘arbda, azal-azaldan qirolga barcha birdan, so‘zsiz bo‘ysunavermagan. Hatto imperatorlar ham fuqarolar hayotiga xo‘jayinchilik qilmagan...

Sharqda esa barchasi boshqa... Bunda millatlar yagona yo‘lboshchisi bo‘lishini, unga bo‘ysunishni istaydi. Prezident ham shu xalq uchun mas’uliyatni to‘liq bo‘yniga olib, uning kelajagi uchun haqiqatan tinim bilmay ishlamoqda. Bunda xalqning fikri bosh mezonligicha qolmoqda.

Ikki yil uchun qilingan ishlar ham anchayin ko‘p va samarali.

Yangiliklar lentasi
0