Hodisalar

OMON reydi deb oʻyladim – Xontoʻrayevga hujum qilish voqeasiga guvoh boʻlgan shaxs

CC0 / pixabay / Mujchina s beysbolnoy bitoy
Mujchina s beysbolnoy bitoy - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirgi vaqtda ichki ishlar organ xodimlari Xontoʻrayevga hujum qilgan shaxslarni qidirishmoqda.

TOSHKENT, 27 noya – Sputnik. Kuni kecha Toshkentda MMA kurashchisi Murod Xontoʻrayevga hujum qilindi. Sodir boʻlgan voqeaga guvoh boʻlgan shaxs koʻrgan narsalarni Sputnik Oʻzbekistonga aytib berdi.

Boyets MMA Murod Xanturayev  - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Xontoʻrayev yana pichoqlandi

Sputnik manbaasining soʻzlariga koʻra, 26 noyabr kuni soat 15 larda “Toshkent” savdo markaziga katta tezlikda davlat raqami boʻlmagan ikkita Chevrolet Lacetti avtomashinalari keladi. Mashinadan qora kiyimli niqobli 6-8 kishi yugurib chiqishadi.

“Odamlar kafega yugurib ketishdi. Ayrimlarida qoʻllarida dubinka boʻlgan. Ular yoʻl-yoʻlakay kimnidir urib ketishgan. Ehtimol, ular Xontoʻrayevning qoʻriqchilari yoki doʻstlari boʻlgan” – deydi guvoh.

Bir daqiqadan soʻng odamlar binodan qaytib chiqishadi. Mashinalariga oʻtirib, voqea joyidan ketib qolishadi. Ular ortidan savdo markazi qorovuli yugurib chiqadi, biroq ularga yeta olmaydi.

“Boshida, men OMON reyd oʻtkazayapti deb oʻyladim. Keyinchalik Xontoʻrayevga hujum qilinganligi haqida xabardor boʻldi”, - deydi manbaa.

Kuni kecha yakka kurash boʻyicha jahon chempioni pichoq bilan yetkazilgan jarohati tufayli shifoxonaga yotqizildi. Ayni damda sportchining hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Huquq tartibot organlari hujum qilgan shaxslarni qidirishmoqda. Holat boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala