OMON reydi deb o‘yladim – Xonto‘rayevga hujum qilish voqeasiga guvoh bo‘lgan shaxs

CC0 / pixabay / Mujchina s beysbolnoy bitoy
Mujchina s beysbolnoy bitoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtda ichki ishlar organ xodimlari Xonto‘rayevga hujum qilgan shaxslarni qidirishmoqda.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Kuni kecha Toshkentda MMA kurashchisi Murod Xonto‘rayevga hujum qilindi. Sodir bo‘lgan voqeaga guvoh bo‘lgan shaxs ko‘rgan narsalarni Sputnik O‘zbekistonga aytib berdi.

Boyes MMA Murod Xanturayev  - Sputnik O‘zbekiston
Xonto‘rayev yana pichoqlandi

Sputnik manbaasining so‘zlariga ko‘ra, 26-noyabr kuni soat 15 larda “Toshkent” savdo markaziga katta tezlikda davlat raqami bo‘lmagan ikkita Chevrolet Lacetti avtomashinalari keladi. Mashinadan qora kiyimli niqobli 6-8 kishi yugurib chiqishadi.

“Odamlar kafega yugurib ketishdi. Ayrimlarida qo‘llarida dubinka bo‘lgan. Ular yo‘l-yo‘lakay kimnidir urib ketishgan. Ehtimol, ular Xonto‘rayevning qo‘riqchilari yoki do‘stlari bo‘lgan” – deydi guvoh.

Bir daqiqadan so‘ng odamlar binodan qaytib chiqishadi. Mashinalariga o‘tirib, voqea joyidan ketib qolishadi. Ular ortidan savdo markazi qorovuli yugurib chiqadi, biroq ularga yeta olmaydi.

“Boshida, men OMON reyd o‘tkazayapti deb o‘yladim. Keyinchalik Xonto‘rayevga hujum qilinganligi haqida xabardor bo‘ldi”, - deydi manbaa.

Kuni kecha yakka kurash bo‘yicha jahon chempioni pichoq bilan yetkazilgan jarohati tufayli shifoxonaga yotqizildi. Ayni damda sportchining hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Huquq tartibot organlari hujum qilgan shaxslarni qidirishmoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0