Putin Alisher Usmonov va uning rafiqasini orden bilan taqdirladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vruchil gosudarstvennie nagradi
Prezident RF V. Putin vruchil gosudarstvennie nagradi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Rossiya prezidenti Kremlda sport va madaniyat arboblari – artistlar Inna Churikova va Aleksandr Zbruyev, qo‘shiqchi Lev Leshenkoni davlat mukofoti bilan taqdirladi.

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27-noyabr kuni Kremlda sport va madaniyat arboblariga davlat mukofotlarini topshirdi. Ular orasida o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov va uning rafiqasi Irina Viner-Usmanova ham bor, deb xabar qildi RIA Novosti.

Milliarder Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Mail.ru boshqaruvini topshirdi

Bundan tashqari, artistlar Inna Churikova va Aleksandr Zbruyev, qo‘shiqchi Lev Leshenko va sport murabbiyi Oleg Znarok davlat mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Kosmonavt-sinovchi Sergey Rijikovga Rossiya faxrli uchuvchi-kosmonavti va Rossiya qahramoni unvoni berildi.

Alisher Usmonov va Irina Viner-Usmonova “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” III va II darajali ordenlari bilan taqdirlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Viner-Usmonovaning badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi oldidagi xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. Irina Viner-Usmonova badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

Oktabr oyining oxirida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan taniqli tadbirkor va homiy Alisher Usmonov USM Holdings kompaniya Mail.ru Group boshqaruvini topshirgandi. U o‘z qarorini yuqori texnologiyali kompaniyalarni – iqtidorli va maqsad sari intilgan yosh avlod boshqarishi kerak, deb izohlagandi.

 

Yangiliklar lentasi
0