Toshkent viloyatida avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qoldi

© Podrobno.UZZnak na doroge
Znak na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Natijada avtobusdagi yo‘lovchilardan faqat bir fuqaro F.S. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 26-noyabr kuni Quyichirchiq tumanida yashovchi U.T. “Isuzu” rusumli avtobusni “Toshkent-Termiz” yo‘lining 841-km.da haydab ketayotib, yo‘l sirpanchiq bo‘lganligi sabab boshqaruvni eplay olmay avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan. Bu haqda IIV xabar qildi.

V bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Saratovdagi YTHda aybdor avtobus haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Natijada avtobusdagi yo‘lovchilardan faqat bir fuqaro F.S. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olish so‘ralgan.

Zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslik, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushor bo‘lishlari, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olish so‘ralgan.

 

Yangiliklar lentasi
0