Iqtisod

“Oʻzavtosanoat” uchta dilerlik korxonalari ulushini sotuvga qoʻydi

© Press-slujba GM UzbekistanAvtosalon GM Uzbekistan
Avtosalon GM Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Tashkilot shu tariqa kompaniya dilerlik markazlarida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashni maqsad qilib qoʻygan.

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. “Oʻzavtosanoat” AJ uchta dilerlik korxonalaridagi ulushlarni sotish uchun auktsionga qoʻydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati. 

Auktsionda sotuvga qoʻyilgan dilerlik korxonalar roʻyxati quyidagicha: Sirdaryo viloyatidagi “Oqoltin Avtotexservis” MCHJ, Jizzax viloyatidagi “Jizzax Avtotexxizmat” MCHJ va Samarqand viloyatidagi “Samarqand Avtotexxizmat” MCHJ.

“Oʻzavtosanoat” AJ koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, dilerlik korxonalari oʻrtasida raqobatni oshirish, jumladan toʻliq xususiy dilerlik korxonalari sonini oshirish yoʻli bilan bosqichli ishlarni amalga oshirish maqsadida shunday qaror qabul qilinganini maʼlum qildi.

Savdo 2018 yilning 26 dekabrida boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala