Siyosat

Oʻzbekiston parlamenti aʼzolari Nazarboyev bilan uchrashdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPlenarnoye zasedaniye "Na poroge novoy ekonomicheskoy realnosti" v ramkax PMEF
Plenarnoye zasedaniye Na poroge novoy ekonomicheskoy realnosti v ramkax PMEF - Sputnik Oʻzbekiston
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish, iqtisodiy hamkorlikni tomonlarning mavjud salohiyati darajasiga olib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

TOSHKENT, 27 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov va Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Prezident Nursulton Nazarboyev Oʻzbekiston bilan doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirishda xalqlarimizning azaliy qardoshlik aloqalari, eng asosiysi, prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosat borasida yaqin qoʻshnilar bilan munosabatlarni tobora yaxshilashga ustuvor ahamiyat berayotgani muhim rol oʻynayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Posol Uzbekistana Saidikram Niyazxodjayev vruchil veritelnuyu gramotu glave Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Nazarboyev: oʻzbek-qozoq munosabatlarining yangi bosqichini kuzatmoqdamiz

"Bugun oʻzaro munosabatlarimiz yaxshi bosqichda turibdi. Biz Shavkat Mirziyoyev bilan yiliga bir necha bor uchrashyapmiz hamda iqtisodiy va siyosiy hamkorlik sohasidagi zaruriy masalalarni muhokama qilyapmiz. Mamlakatlarimiz oʻrtasida imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlarda hamda ularning ijrosini taʼminlashda ikki davlat parlamentlari muhim oʻrin tutadi", - deb aytgan Nazarboyev.

Oʻz navbatida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov samimiy qabul uchun Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirar ekan, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaynoq va samimiy qutlovini yetkazdi. Keyingi ikki yil mobaynida Oʻzbekiston va Qozogʻiston rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilganini alohida qayd etdi.

Samimiy muloqot chogʻida Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish, iqtisodiy hamkorlikni tomonlarning mavjud salohiyati darajasiga olib chiqish, bu borada, ayniqsa, parlamentlararo aloqalarni yanada kuchaytirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala