Analitika

Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ommaviy oʻquv-trevogasi haqida ekspert nima dedi

© Minoboronы RUzPervыy den proverki voysk Minoboronы Uzbekistana
Pervыy den proverki voysk Minoboronы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Korotchenko Mirziyoyev nima sababdan Oʻzbekiston armiyasini trevoga boʻyicha koʻtarganini tushuntirib berdi.

TOSHKENT, 27 noya – Sputnik.  Rossiyalik harbiy tahlilchi, “Milliy mudofaa” jurnalining bosh muharriri Igor Korotchenkoning Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida boʻlib oʻtayotgan oʻquv-trevogasi haqida Sputnik muxbiriga oʻz fikrini bildirdi.

Pervыy den proverki voysk Minoboronы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev nega qoʻqqisdan harbiy trevoga eʼlon qildi?

Mutaxassis fikriga koʻra, harbiy oʻquv manyovrlar oʻtkazilishga, Afgʻoniston hududidagi oʻta notinch vaziyat hamda ISHID jangarilarining Suriyadan qochib Markaziy Osiyo davlatlari chegarasi yaqinida toʻplanishi sabab boʻlmoqda.  

- Albatta, bunday vaziyatda qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini tekshirish hamda favqulodda vaziyatlarda amalga oshirilishi kerak boʻlgan hatti-harakatlarni belgilab olish kerak, - deydi ekspert. - Mening fikrimcha, bugungi mavjud iqtisodiy va siyosiy aloqalar  doirasida Rossiya ham Oʻzbekistonga kerakli harbiy-maslahatlar hamda xavfsizlik sohasida axborot yordami berishga tayyor.  

V Uzbekistane obʼyavlena masshtabnaya uchebnaya trevoga - Sputnik Oʻzbekiston
Mudofaa vazirligi "trevoga" vaqtida YTHda halok boʻlganlar oilasiga hamdardlik bildirdi

“Shu bilan birga, Oʻzbekiston KXSHTga aʼzoligini qayta tiklaganda, ittifoqchi mamlakatlar imkoniyatlaridan foydalangan holda, mavjud xavflarga qarshi kurashni yanada samaraliroq olib borish mumkin boʻlar edi”, - deydi Korotchenko.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) aʼzoligini 2012 yilda toʻxtatib  qoʻygan edi. KXSHT 1992 yilda Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya va Oʻzbekiston ishtirokida Toshkentda tashkil qilingan edi. Shu sababli KXSHTning ikkinchi nomi – Toshkent pakti (shartnomasi) deyiladi. Keyinroq tashkilotga Belarus ham qoʻshilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala