Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi

© FBKomil Allamjonov
Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston prezidentining sobiq matbuot kotibi Komil Allamjonov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabarlar tarqalgandi

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Hukumat qaroriga muvofiq Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar qilindi telegrammdagi "Xuquqiy axborot" kanalida.

Ilgariroq, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston prezidentining sobiq matbuot kotibi Komil Allamjonov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabarlar tarqalgandi, lekin rasman bu haqda e’lon qilinmagan edi.

Agentlikning avvalgi rahbari Laziz Tangriyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilganligi e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0