Marat Bikmayev hakamlar va ishqibozlarni haqorat qilgani uchun jazolandi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston PFL ma’muriyati Marat Bikmayevni 20 million so‘mga jarimaga tortdi va bo‘lajak 2ta o‘yindan chetlatdi.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbekiston PFL ma’muriyatining Etika qo‘mitasi “Lokomotiv” jamoasi o‘yinchisi Marat Bikmayevning hatti-harakatini yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda PFL matbuot xizmati.

Shota Arveladze - Sputnik O‘zbekiston
Bikmayev – eng yaxshi futbolchi, Arveladze – eng yaxshi xorijlik murabbiy deb topildi

Etika qo‘mitasi ushbu vaziyatni atroflicha o‘rganib chiqqan holda, Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo‘lim, 5.45 bandining “G” qismini qo‘pol ravishda buzgani e’tirof etilgan Marat Bikmayevning 31-tur o‘yini vaqtida va ungacha bo‘lgan 23-tur uchrashuvi paytida ham odob-ahloq qoidalaridan chetga chiqqanini inobatga olib, futbolchini 2 ta rasmiy o‘yinga chetlatdi va futbolchiga nisbatan 20million so‘m miqdorida jarima belgilandi.

“Marat Bikmayevning “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda ham odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirganini aslo oqlab bo‘lmaydi. Zero milliy terma jamoa a’zosi barchaga o‘rnak bo‘lishi lozim aslida”, - deyilgan xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, PEPSISuperliga 31-tur uchrashuvlari doirasidagi “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi vaqtida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Marat Bikmayev “Paxtakor” jamoasi muxlislari tomon qo‘li bilan xunuk harakat ko‘rsatgan edi.

Undan tashqari, superliga 23-tur uchrashuvlari doirasidagi “Metallurg” – “Lokomotiv” bahsi 90+4 daqiqasida ham “temiryo‘lchilar” jamoasi zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan Marat Bikmayev hakamlar guruhini ham haqorat qigan va Bikmayev ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0