Dunyoda

"Oʻrdak lablar" uchun 74 darra: Eron plastik jarrohlik ixlosmandlarini jazolamoqchi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishV operatsionnom bloke
V operatsionnom bloke - Sputnik Oʻzbekiston
Eronlik qonun chiqaruvchilar tashqi koʻrinishda ekstremal oʻzgarishlarni amalga oshirganlarni qamoqqa olishni taklif etmoqda. Bu borada qonun tez orada qabul qilinadi

TOSHKENT, 28 noya - Sputnik. Eronda yaqin kelajakda goʻzallik va plastik jarrohliklar boʻyicha qonun qabul qilinishi mumkin, qonun chiqaruvchilar tashqi koʻrinishda "ekstremal" oʻzgarishlarni amalga oshirishni xush koʻruvchilarni jazolashni taklif etishmoqda. Sputnik Eron xabariga asosan.

Xush koʻruvchilar qatoriga oʻz tashqi koʻrinishida radikal oʻzgarishlarni amalga oshirishni xohlovchilar kiritilgan - masalan, "elf quloqlari", "mushuk koʻzlar", "tuya lablar" va "choʻchqa burun"larni.

Eron parlamenti sud qoʻmitasi vakili Xasan Navroʻziy jurnalistlarga inson tanasini oʻzgartirish turli dinlarda rad etilishini va aksariyat hollarda taʼqiqlanishini eslatib oʻtdi. Eron goʻzallik olamiga "noislomiy" urf olib kiradigan bu kabi ishlar ixlosmandlarini jazolashni boshlamoqchi. Jazo mamlakat jinoiy kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi, yaʼni plastik operatsiyani amalga oshirganlarga 74 darra urilishi yoki u 60 kungacha qamoq jazosini olishi mumkin.

Eron bugungi kunda yaqin sharq davlatlari orasida plastik jarrohlik koʻrsatishda sifat boʻyicha yetakchi oʻrinlarda turadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala