Iqtisod

Oʻzbekiston havo yoʻllari 50%lik chegirmalar eʼlon qildi

© Press-slujba "Uzbekiston xavo yullari"Boeing dlya "Uzbekiston xavo yullari"
Boeing dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston havo yoʻllari 2018 yil 30 dekabrdan yangi yilning 3 yanvarigacha barcha ichki reyslar uchun chegirmalar eʼlon qildi

TOSHKENT, 28 noya - Sputnik. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK 2018 yil 30 dekabrdan 2019 yil 3 yanvarigacha Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha ichki reyslar uchun chegirmalar eʼlon qildi.

Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Turizm qoʻmitasi “Havo yoʻllari”ni bir necha kompaniyaga boʻlishni taklif qildi

Bayram chegirmalari: Individual (bir kishi) yoʻlovchilarga — 30%;

Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi tegishli oʻquv muassasalari tinglovchilari, sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab, kollejlar, litseylar oʻquvchilari va universitetlarning talabalari uchun — 40%;

Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri, rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) — 50%;

Pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslarga — 50%;

1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, Front ortidagi fidokorona mehnati uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun — 50%;

Chernobil AESi falokati oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etganlar — 50%.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala