Siyosat

Askarlar Oʻzbekiston tarixi va “Temur tuzuklari” fanidan sinov topshiradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Akademii Voorujennыx Sil proxodit rasshirennoye zasedaniye Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan
V Akademii Voorujennыx Sil proxodit rasshirennoye zasedaniye Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgʻor harbiy qismlarga ulugʻ sarkardalarning nomini berish toʻgʻrisida koʻrsatma berdi.

TOSHKENT, 29 noya - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev posetil Chirchikskiy voyennыy poligon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev harbiy mashgʻulotlarni kuzatdi

Oʻzbekiston Respublikasi rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondonining soʻzlariga koʻra, joriy yilning 10 yanvarida Xavfsizlik kengashida qoʻyilgan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshmoqda. Shavkat Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan 46 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Oʻtgan qisqa vaqtda harbiy qismlarning tuzilmalari toʻliq yangilandi. Samarasiz va vazifalari boʻyicha bir-birini takrorlaydigan harbiy qismlar qisqartirildi. Natijada qoʻshinlarni saqlab turishga ketadigan xarajatlar kamaydi. Oziq-ovqat bilan taʼminlashda autsorsing tizimi joriy etildi. Bu harbiy boʻlinmalar jangovar tayyorgarligini oshirish, vaqt koʻrsatkichlarini ikki barobar qisqartirish imkonini berdi.

Prezident raisligidagi yigʻilishda Oʻzbekiston harbiy qudratini yanada mustahkamlash, mudofaa sanoati va harbiy taʼlimni rivojlantirish, qurol-aslaha va harbiy texnikalarni modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali qoʻshinlarni boshqaruv tizimi takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. 

Pervыy den proverki voysk Minoboronы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev nega qoʻqqisdan harbiy trevoga eʼlon qildi?

“Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytaylik, ulugʻ Sohibqironning “Tuzuklar”ini qancha askar oʻqigan? Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning gʻalabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi koʻplab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham oʻrganishadi”, - dedi prezident.

Davlati rahbari askarlar harbiy qasamyod qilishdan oldin albatta Oʻzbekiston tarixi va “Temur tuzuklari” fanidan sinov topshirishi kerakligini taʼkidladi. Ilgʻor harbiy qismlarga ulugʻ sarkardalarning nomini berish, mohir lashkarboshilar haqida ilmiy tadqiqotlar, badiiy kitoblar, kinolar yaratishga koʻrsatma berdi. 

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston tinchligi va xavfsizligini ishonchli taʼminlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan harbiy taʼlim masalasiga birinchi darajali eʼtibor qaratish, maktablardagi harbiy darslarga shu hududda xizmat qilayotgan, yuksak insoniy va kasbiy xususiyatlarga ega jangovar ofitserlarni jalb etish, oʻquvchilarni harbiy qismlarga olib borib, xizmat jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala