Migratsiya

Oʻn besh nafar oʻzbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

© SputnikPasport RF
Pasport RF - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya pasportini 77 nafar fuqaro oldi, bir nafar Tojikiston fuqarosi Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi.

TOSHKENT, 29 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 77 nafar kishiga Rossiya fuqaroligini berish toʻgʻrisida qaror imzoladi, deb xabar qildi huquqiy axborot rasmiy internet portali.

Bokser Roy Djons poluchil rossiyskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ukrainliklarga Rossiya fuqaroligi olish tartibi osonlashdi

Unga koʻra, 15 nafar oʻzbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi.

Shuningdek, Rossiya fuqaroligiga 15 nafar Armeniya, 8 nafar Afgʻoniston, 7 nafar Tojikiston va 5 nafardan Moldaviya va Ozarbayjon, 4 nafar Belarus, 3 nafar Qozogʻiston, 2 nafardan Suriya, Ukraina, Buyuk Britaniya va 1 nafardan Qirgʻiziston, Turkiya, Latviya, Vyetnam, Bosniya va Gertsegovina fuqarolari kiradi.

 Shu bilan birga, amerikalik Rossiya jurnatisti Tim Kerbiga ham fuqarolik berildi.

Qarorga koʻra, Rossiya fuqaroligi Rossiya hududida tugʻilgan fuqarolar ham oldi.

Qaror bilan 1998 yil prezident qaroriga oʻzgartish kirtilib, yolgʻon maʼlumot va qalbaki hujjatlardan foydalanganligi uchun bir nafar tojikistonlik fuqarodan Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi.

Eslatib oʻtamiz, shu yil avgust oyida 16 nafar oʻzbekistonlikka Rossiya fuqaroligi berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala