Jamiyat

Oʻzbekistonda kirish-chiqish vizalarga doir hukumat qarori tasdiqlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishViza v pasporte
Viza v pasporte - Sputnik Oʻzbekiston
Endilikda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga koʻp martalik kirish-chiqish vizalarini 3 yilgacha muddatda rasmiylashtirish mumkin.

TOSHKENT, 29 noya – Sputnik. Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Rabota belorusskoy tamojennoy slujbы - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekiston bir oy ichida 5025ta elektron viza berdi

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga koʻp martalik kirish-chiqish vizalarini endilikda 3 yilgacha muddatda rasmiylashtirish mumkin.

Bunda viza uchun 300 AQSH dollari miqdorida toʻlov undiriladi. Ilgari ushbu vizalarni uzogʻi bilan bir yilgacha boʻlgan muddatga rasmiylashtirish mumkin boʻlgan.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻzi borib oʻtkazganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining oʻn baravari etib belgilandi (ilgari bu uchun eng kam oylik ish haqining oʻttiz ikki baravari miqdorida pul undirilgan).

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 15 iyuldan boshlab e-visa.gov.uz sayti orqali elektron vizalar berishni boshlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala