Video

Qiruvchi samolyot va vertolyot zarbalari: prezidentga Chirchiq poligonida nimalar koʻrsatildi

Mirziyoyev Chirchiqda jangovar shaylikka keltirilgan boʻlinmalarning mashqlarini kuzatdi.

Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni Chirchiq dala oʻquv maydonida yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirilgan boʻlinmalarning maxsus-taktik mashqlarini kuzatdi.

Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining jangovar tayyorgarligini kompleks tekshirish maqsadida 26 noyabr tongda “Trevoga!” signali berilgandi.

Shu paytgacha Oʻzbekiston armiyasida bunday keng koʻlamli toʻsatdan tekshiruv oʻtkazilmagandi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev poligon yonidagi harbiy qismda yaratilgan sharoitlarni, qurol-aslaha va texnikalarni koʻzdan kechirdi.

Vatanparvarligi, professionalligi bilan alohida namuna koʻrsatgan polkovnik Qodir Tursunovga avtomashina, harbiy xizmatchilarga planshetlar sovgʻa qilindi.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala