Qiruvchi samolyot va vertolot zarbalari: prezidentga Chirchiq poligonida nimalar ko‘rsatildi

Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Chirchiqda jangovar shaylikka keltirilgan bo‘linmalarning mashqlarini kuzatdi.

Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirilgan bo‘linmalarning maxsus-taktik mashqlarini kuzatdi.

Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining jangovar tayyorgarligini kompleks tekshirish maqsadida 26-noyabr tongda “Trevoga!” signali berilgandi.

Shu paytgacha O‘zbekiston armiyasida bunday keng ko‘lamli to‘satdan tekshiruv o‘tkazilmagandi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev poligon yonidagi harbiy qismda yaratilgan sharoitlarni, qurol-aslaha va texnikalarni ko‘zdan kechirdi.

Vatanparvarligi, professionalligi bilan alohida namuna ko‘rsatgan polkovnik Qodir Tursunovga avtomashina, harbiy xizmatchilarga planshetlar sovg‘a qilindi.  

Yangiliklar lentasi
0