Qo‘chqorov: xalqimiz ommabop bo‘lmagan islohotlarni tushunyapti, deb umid qilamiz

Obuna bo‘lish
Ommabop bo‘lmagan, lekin bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun juda kerakli islohotlar aholining tushunishini talab qiladi – dedi moliya vaziri.  

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “2019-2021 yillarga mo‘ljallangan asosiy iqtisodiy islohotlar yo‘l xaritasi” haqida so‘zlarkan, O‘zbekiston prezidenti tanlagan ochiqlik siyosati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Amalga oshirilgan islohotlar orasida eng asosiysi – bu ochiqlik siyosatidir. Biz hozir barcha ma’lumotlarni ochiq-oydin chop etayapmiz – davlat qarzini ham, qazib olingan oltin miqdorini ham, budjetni ham. Biz soliq to‘lovchilarimiz oldida barcha ma’lumotlarni ochib berdik. Xalq o‘z mablag‘lari qayerga ishlatilayotganini bilishi kerak”, - dedi Qo‘chqorov.

Shu bilan birga, moliya vaziri iqtisodni zamonaviylashtirish - bir qator ommabop bo‘lmagan islohotlarni amalga oshirishni ham talab qilishini aytadi. Masalan, non va energiya tashuvchilar narxlarini erkinlashtirish kerakligini.

"Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan barcha davlatlar ushbu murakkab bosqichdan o‘tishlari shart. Shunisi quvonarli-ki, fuqarolarimiz mamlakatdagi ushbu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Biz, ular mamlakatda o‘tkazilayotgan ommabop bo‘lmagan, lekin juda muhim  islohotlarni to‘g‘ri tushunishmoqda deb umid qilamiz", - dedi Qo‘chqorov.

Yangiliklar lentasi
0