Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Shovot tumanidagi toʻqimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu tekstilnogo predpriyatiya v Shavatskom rayone
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu tekstilnogo predpriyatiya v Shavatskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Xorazm viloyatidagi “Katqal’a teks” korxonasi yiliga 70 million juft, qiymati 30 million dollarlik paypoq tayyorlash quvvatiga ega.

TOSHKENT, 29 noya - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov Xorazm viloyatiga safari doirasida Shovot tumanidagi “Katqal’a teks” korxonasiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev ikki yil muqaddam Uztex kompaniyalar guruhiga Shovot tumanida yuqori texnologik imkoniyatlarga ega mazkur korxonani tashkil etish va mahalliy aholini ish bilan taʼminlash yuzasidan topshiriqlar bergan edi.

Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s sotsialno-ekonomicheskimi proyektami otbыl v Xorezmskuyu oblast - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan joyida tanishish maqsadida Xorazmga joʻnab ketdi

Loyiha qiymati 65 million dollar boʻlgan korxona faoliyati ikki bosqichda tashkil etildi. 2017 yilda amalga oshirilgan dastlabki bosqichda Italiyaning “Lonati” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 528 ta, joriy yilda yana 512 ta paypoq toʻqish dastgohi xarid qilindi. 

Bugungi kunda korxonada turli oʻlchamdagi ayollar, erkaklar va bolalar paypoqlari ishlab chiqarilmoqda. Yiliga 70 million juft, qiymati 30 million dollarlik paypoq tayyorlash quvvatiga ega qoʻshma korxonada ishlab chiqarish jarayoni toʻliq innovatsion texnologiyalar asosida boshqariladi. Oʻtgan yili korxonada 5,7 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, ichki bozorga yoʻnaltirildi. Joriy yildan toʻla quvvat bilan ishlay boshlagan korxonada oktyabr oyi holatiga koʻra 12,5 million juft paypoq toʻqildi. 3,85 million dollarlik mahsulot AQSH, Rossiya, Moldova, Ukraina kabi qator mamlakatlarga eksport qilindi.

Shu yerda Xorazm viloyatida toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish, “Dererlop Textile” MCHJ tomonidan “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida yengil sanoat majmuasi tashkil etish, Shovot tumanida aralash va paxta ip-kalava ishlab chiqarish boʻyicha yangi yigiruv fabrikasi qurish, Urganch shahrida “Textile finanse Horezm” MCHJ tomonidan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, Toshkent viloyati Parkent tumanida Uztex Zarkent sanatoriysini barpo etish loyihalari haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev yengil sanoat tarmogʻini jadal rivojlantirish,  mahsulot eksportini kengaytirish, qoʻshimcha daromad manbalari va ish joyini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala