Iqtisod

Soliqchilarni politsiyaga oʻxshatardik: Moliya vaziri soliq tizimi haqida

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJamshid Kuchkarov - Ministr finansov
Jamshid Kuchkarov - Ministr finansov - Sputnik Oʻzbekiston
Moliya vazirligi rahbari taʼkidiga koʻra, ideal soliq maʼmurchiligi modeli soliqchilar keskin choralarni qoʻllaganidan keyin emas, balki odamlar oʻz ixtiyori bilan soliqlarni toʻlagandagina yuzaga keladi

TOSHKENT, 29 noya – Sputnik. Oʻzbekiston Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov oqilona soliq siyosati qanday boʻlishi kerakligini tushuntirdi.

Zapravщik vozvraщayet zapravochnыy pistolet v slot - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Gaz narxini oshirgan zapravkalarga sanktsiya qoʻllanishi mumkin – Moliya vazirligi

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga koʻra, vazir bu haqda Toshkentda oʻtkazilgan "2019-2021 yillarga moʻljallangan tizimli islohotlar asosiy yoʻnalishlarining yoʻl xaritasi" taqdimotiga bagʻishlangan tadbirda gapirgan.

Qoʻchqorov fikriga koʻra, soliq maʼmurchiligi qanday boʻlishi kerakligi haqida aniq fikr aytish juda qiyin.

“Biz haliyam soliq inspektsiyasini kelib, pulimizni olib qoʻyadigan oʻziga xos politsiya deb hisoblaymiz. Shunday boʻlishi kerakmi? Ehtimol, ha shunday boʻlishi kerak. Biroq unga kadar shunday tizim yaratilishi kerakki, toki vijdonli soliq toʻlovchilar majburlashsiz soliqlarni toʻlashsin, oʻzlari xohlab toʻlashsin”, - deya tushuntirdi vazir.

Moliya vazirining fikriga koʻra, faqat shundan keyin, yaʼni ikkinchi qadam sifatida keskin soliq siyosatini yurgʻizish mumkin.

Bunda mavjud boʻlgan fiskal imtiyozlar tartibga solinishi zarur, soliq siyosati esa – soliq tizimining barqarorligi va prognozini taʼminlashi kerak, deb hisoblaydi moliya vaziri.

Oʻzbekistonda qabul qilinadigan "2019-2021 yillarga moʻljallangan tizimli islohotlar asosiy yoʻnalishlarining yoʻl xaritasi" oʻz ichiga beshta yoʻnalishlarni oladi. Xususan, mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, raqobatbardosh bozor siyosatiga oʻtish jarayonini tezlashtirish,  ijtimoiy himoyani mustahkamlash, bozor iqtisodiyotida davlat rolini kuchaytirish, shuningdek, atrof muhitdan foydalanish samaradorligini koʻpaytirish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala