Vashingtonda G20 sammitida Putin va Tramp uchrashuvini tasdiqlashdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa v Xelsinki
Vstrecha prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa v Xelsinki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning savoliga javob berganda ma’lum qildi.

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Vashington Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvini tasdiqladi, ular Argentinada “katta yigirmatalik” sammitida uchrashishadi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Zdanie FSB v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya chegarasini buzgan Ukrainaning uchta kemasi ushlandi – FXX axboroti

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Kremlda uchrashuvni bekor qilinishi mumkinligini qanday baholashmoqda, degan savolga javob berayotib ma’lum qildi.

Ikki davlat yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar, strategik xavfsizlik va qurolsizlanish, shuningdek mintaqaviy nizolarni muhokama qilishadi. Peskov fikriga ko‘ra, bu suhbat butun jahon manfaatlari yo‘lida bo‘lib o‘tadi.

Kuni kecha Donald Tramp uchrashuv o‘tkazishga ishonchi komil emasligini ma’lum qilgandi.

Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalarini hibsga olinishini sabab qilib ko‘rsatgandi.

G20 sammiti 30-noyabr – 1-dekabr kunlari Argentinada bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0