Madaniyat

Xorazm “Lazgi”si YUNESKO madaniy merosi roʻyxatiga kiritilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovaniye Navruza v Tashkente
Prazdnovaniye Navruza v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy komissiyasi va Tashqi ishlar vazirligiga tegishli topshiriqni berdi.

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Oʻzbekiston butun  dunyoga mashhur boʻlgan Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi – Lazgi” nomi ostida YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritmoqchi. Bu Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida keltirib oʻtilgan.

Shuningdek, Buyuk ipak yoʻlining Oʻzbekistondan oʻtgan qismini “Ipak yoʻli: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yoʻli: Fargʻona – Sirdaryo havzasi” nomi ostida YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Xivadagi "Ichan qalʼa" majmuasi, madaniyatlar chorrahasi -  Samarqand, Buxoro va Shahrisabzning tarixiy markazlari, shuningdek, Chotqol biosferasi YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. 

Shoshmaqom, Boysun madaniy makoni, Katta ashula, askiya, osh, Navroʻz, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari tashkilotning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala