Iqtisod

Jahon banki bilan birgalikda ishlab chiqilgan "Islohotlar yoʻl xaritasi" bu nima?

Mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida islohotlarning 5ta muhim yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqilgan "Islohotlar yoʻl xaritasi" muhokama qilindi.

TOSHKENT, 29 noya – Sputnik. Toshkentda 29 - noyabr kuni "2019-2021 yillarga moʻljallangan tizimli islohotlar asosiy yoʻnalishlarining yoʻl xaritasi" mavzusidagi taqdimot-muzokara koʻrinishida tadbir boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Zdanii Posolstva Uzbekistana v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Germaniya Harakatlar strategiyasi doirasida oʻzaro hamkorlikka tayyorligini bildirdi

Ushbu tadbirda vazirlik va davlat idoralari rahbarlari, yirik kompaniyalar rahbarlari, yetakchi mahalliy mutaxassislar, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari va konsalting muassasalari vakillari ishtirok etdi.

"2017-2021-yillarga moʻljallangan beshta ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha harakatlar strategiyasi" tomonidan belgilangan asosiy vazifalarga tayangan holda, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Jahon bankining ishchi guruhi bilan birgalikda, tarkibiy oʻzgarishlar va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni quyidagi beshta asosiy yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan «islohotlar yoʻl xarita» sini ishlab chiqdi:

1. Makroiqtisodiy barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash

Tegishli institutlarni mustahkamlash, modernizatsiya qilingan soliq-byudjet siyosati va soliq islohotlari natijasida hosil boʻladigan makroiqtisodiy barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash. Xususan, makroiqtisodiy maʼlumotlar yigʻish va tahlil qilish tizimini va pul-kredit siyosatini takomillashtirish, ichki va tashqi qarzlarni boshqarish, davlat xarajatlarining samaradorligi va hisobdorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

2. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonining tezlashirish 

Raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonining tezlashishi.Yer va

Ploщad Nezavisimosti v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Besh yillik Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi
kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirish, moliya bozorlarini isloh qilish masalalari qarab chiqilmoqda. Savdo siyosati va eksportni yanada liberallashtirish, aviatsiya sektorini isloh qilish va AKT sohasini rivojlantirish jahon iqtisodiyotiga birikishni jadallashtirishning kelgusi chora-tadbirlari sifatida koʻrildi. Xususiy sektor faoliyatidagi cheklovlarni olib tashlash, raqobatbardosh biznes muhitini mustahkamlash, investitsion muhit va monopoliyaga qarshi tartibga solish ishlari davom ettiriladi. Qishloq xoʻjaligini, suv taʼminoti va energiya manbalarini rivojlantirish, shu jumladan qayta tiklanadigan energetika sohasini rivojlantirish strategiyalari individual sanoatlarning ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

3. Fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatishni kuchaytirish

Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularga xizmat koʻrsatishni kuchaytirish. Taʼlim va sogʻliqni saqlashni rivojlantirishning milliy strategiyasini, hamda mehnat bozori, pensiya va sud tizimini isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

4. Bozor iqtisodiyotida davlatning rolini kuchaytirish

Kuchli bozor iqtisodiyotida davlatning rolini kuchaytirish. Uni ishlab 

Investitsii v biznes - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
YEIB delegatsiyasi harakatlar dasturini tuzish uchun Oʻzbekistonga keladi
chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisidan, davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish, davlat ulushiga ega korxonalarni isloh qilish hamda tovar va xizmatlar narxlarining ikkilamchi tartibini bartaraf etish bilan shugʻullanuvchi xususiy sektor hamkori koʻrinishiga almashtirish rejalashtirilmoqda. Davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish davlat xizmatlarini isloh qilish kontseptsiyasini ishlab chiqishga yordam beradi. Jamoatchilik xabardorligini oshirish uchun fuqarolarning zamonaviylashtirish jarayonlarida ishtirokini taʼminlash boʻyicha choralar koʻriladi.

5. Atrof-muhitdan foydalanish samaradorligini oshirish

Atrof-muhitdan foydalanish samaradorligini oshirish. Uni himoya qilish uchun "yoʻl xaritasi" ni, suvni tejash dasturini, sugʻorish va melioratsiya tizimini rivojlantirishni rejalashtirilmoqda.

Muhokamada kimlar ishtirok etdi?

Tarkibiy oʻzgarishlar va islohotlarning aniq yoʻnalishlari va faoliyati boʻyicha taqdimotlar oʻndan ortiq vazirliklar va davlat qoʻmitalari, Markaziy bank va boshqa idoralarning rahbarlari tomonidan amalga oshirildi. 

"Yoʻl xaritasi" doirasida qabul qilingan qarorlarni har tomonlama iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish uchun tegishli sohalarda nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb qilish rejalashtirilgan. Xususan, taqdimotda quyidagi xorijiy mutaxassislar ishtirok etishdi:

  • Denni Leypsiger - Jorj Vashington universiteti (AQSH) Professori, Jahon bankining sobiq vitse-prezidenti;
  • Klaus Roland - Mercator Institutining (Germaniya) Xitoy tadqiqotlari boʻyicha mutaxassisi, Jahon bankining Rossiya, Xitoy va Vetnam davlatlaridagi sobiq direktori;
  • Eduardo Bitran - Adolfo Ibanez universiteti professori, Chilining sobiq jamoat ishlari boʻyicha vaziri;
  • Yung Sugil - SUNY Universiteti professori, Koreya milliy strategiyasi institutining va Koreya Respublikasining «yashil oʻsish» boʻyicha prezidentlik qoʻmitasi sobiq rahbari.

Mazkur tadbir Oʻzbekiston va xalqaro tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, tarkibiy oʻzgarishlarni va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala