Jamiyat

Qirgʻizistonlik deputat Oʻzbekiston fuqarolari uchun patent kiritishni taklif qildi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov Deputat Kenjebek Bokoyev
Deputat Kenjebek Bokoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston JK deputati mamlakatda ishlayotgan 100 mingga yaqin oʻzbekistonliklar uchun patent tartibi kiritishni talab qildi.

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Qirgʻiziston Jogorku Keneshi deputati Kenjebek Bokoyev mamlakatda ishlayotgan oʻzbekistonlik mehnt migrantlari uchun patent tizimi kiritishni taklif qildi.

Deputat aytishiga qaraganda Qirgʻizistonda 100 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari mehnat qilishmoqda.

“Qirgʻizistonliklar Rossiyada  patent asosida ishlaydi. Biz oʻzbekistonlik 100 ming nafar migrantlarni patent tizimiga oʻtkazsak boʻladi. Men Migratsiya xizmati bilan gaplashdim – ular rozi. Agar mehnat qilishga ruxsat 500 som boʻlsa, bir oyda 50 million boʻladi. Bu bitta maktab narxi”, - dedi deputat.

Bokoyev aytishiga qaraganda, oʻzbekistonlik mehnat migrantlari kirish uchun chegarachilarga 2-5 ming som toʻlashmoqda.   

Sputnik izohi: Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YEOII) aʼzolari boʻlgan Belarus, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston fuqarolari Rossiyada ishlashi uchun patent rasmiylashtirish talab qilinmaydi. Ushbu mamlakat fuqarolari Rossiya fuqarolari kabi soddalashtirilgan tartibda ishga qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala