Facebook va Youtube nima uchun ishlamayapti: "O‘zbektelekom" javobi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnaya set "Feysbuk"
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida konferensiya o‘tmoqda. Unda "O‘zbektelekom" internet bilan bog‘liq muammolarni hal qilish bo‘yicha hisobot bermoqda.

TOShKENT, 30 noya – Sputnik. “O‘zbektelekom” kompaniyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Youtube saytiga kirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar haqida ilk bor rasmiy izoh berdi, deb xabar qildi Podrobno.uz nashri.

Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda

Kompaniya savdo va xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Zufarovning aytishicha, kompaniya ushbu masalani hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.

“Natija bo‘lishi bilan hammani bu haqda xabardor qilamiz. Bu masalani hal qilishimizga hech kim shubhalanmayapti. Faqat ozgina vaqt kerak, xolos”, - dedi kompaniya vakili.

“O‘zbektelekom” kompaniyasi ushbu servislar (Facebook va YouTube)ga hamkorlik qilish bo‘yicha taklif bilan rasman murojaat qilgan. Hozirda ular bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Vazirlik ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha milliy operator va boshqa vazirliklar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda, dedi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov.

“Men o‘zim, to‘g‘risini aytganda, bu masala hal qilinishi kutmoqdaman, chunki ba’zan VPNdan foydalanish qiyin bo‘lmoqda”, - dedi amaldor.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilga qadar butunjahon tarmoqqa ulanish tezligi MDH davlatlar darajasiga yetkazilishi kerak – bunday topshiriq davlat rahbari tomonidan bergandi. Hozircha O‘zbekiston Speedtest Global Index shakllangan internet tezligi bo‘yicha reytingda 110-chi o‘rinda joylashgandi.  

Yangiliklar lentasi
0